Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
2024-2025-moliyaviy yilda davlat tomonidan tashkil etiladigan dafn marosimlari uchun 2,2 mln dollar sarflangan.
Namibiya hukumati davlat tomonidan o‘tkaziladigan dafn marosimlariga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi. Moratoriy 2026 yil aprelga qadar amalda bo‘ladi. Hukumat bunday qaror sababini ochiqlamagan, ammo BBC’ga ko‘ra, mamlakatda bu kabi dafn marosimlari uchun katta xarajat qilinayotgani keskin tandiqlarni keltirib chiqargan.
Namibiyada davlat dafn marosimlarini o‘tkazish so‘nggi yilda keskin oshgan. 2022-2023-moliyaviy yilda davlat tomonidan tashkil etilgan marosimlar bilan 23 kishi dafn etilgan bo‘lib, bunga budjetdan 120 ming AQSh dollariga yaqin mablag‘ sarflangan.
Qayd etilishicha, 2024-2025-moliyaviy yilda bu turdagi xarajatlar 2,2 million dollarni tashkil etgan. Fevral oyida vafot etgan mamlakatning birinchi prezidenti Sem Nuyomaning dafn marosimlari uchun hukumat 1,7 million dollar sarflagan.
Axborot va kommunikatsiya vaziri Emma Teofelusning ma’lum qilishicha, hukumat 2026 yil aprelga qadar «davlat dafn marosimlarini o‘tkazish huquqini beruvchi jarayonlar va me’zonlar»ni o‘rganish uchun maxsus komissiya tayinlaydi. Shu bilan birga, agar yuqoridagi muddatgacha davlat marosimi bilan dafn etishni talab qiladigan holat yuzaga kelsa, Namibiyaning amalda prezidenti moratoriyga istisno tariqasida ruxsat berish huquqiga ega.
Mavzuga oid
14:49 / 24.01.2026
Rossiyada urush qatnashchilarini dafn etish uchun rekord mablag‘ ajratildi
22:14 / 25.11.2025
Adolf Hitler Namibiyadagi saylovda beshinchi marta ishtirok etadi
13:36 / 24.03.2025
Namibiyalik ayol o‘ziga hujum qilgan timsohning jag‘larini ochib, qochib ketdi
15:40 / 12.02.2025