Sport odamlar umrini besh yilga uzaytirishi mumkin - tadqiqot
Olimlar qirq yoshdan oshganlar orasida o‘tkazilgan yangi tadqiqot orqali sport nafaqat inson salomatligida, balki uzoqroq yashashida ham muhim rol o‘ynashini aniqladi.

Sport bilan muntazam shug‘ullanadigan odamlar yurak xastaliklari, diabet, depressiya, aqliy zaiflik va boshqa ko‘plab muammolarga kamroq duch keladi. British Journal of Spors Medicine jurnalida chop etilgan yangi tahlil esa jismoniy faollik uzoq umr ko‘rishda ham muhim rol o‘ynashini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, aholining eng faol va eng kam harakat guruhlari o‘rtasidagi farqlar qanchalik katta ekani alohida qayd etildi.
Agar odamlar sport bilan faol shug‘ullansa, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini besh yilga oshirgan bo‘lardi, deydi yangi tadqiqot mualliflari.
Tadqiqot doirasida olimlar 40 va undan katta yoshdagi amerikaliklarni 2003 yildan 2006 yilgacha bo‘lgan davrda jismoniy faolligi darajasiga qarab to‘rt guruhga ajratdi. So‘ngra bir necha yil davomida ushbu guruhlarning salomatligini kuzatdi.
Bu davrda o‘ta faol insonlarning biror sababdan vafot etishi ehtimoli eng kam harakat odamlarga nisbatan 73 foiz past bo‘ldi.
“O‘lim xavfini ikki baravardan ham ko‘proq kamaytiradigan chora bor bo‘lsa, bu, shubhasiz, jismoniy faollikdir”, — dedi tadqiqot bosh muallifi va Avstraliyaning Griffit universitetida jamoat salomatligi professori bo‘lgan Lennert Veyerman.
Tajribada eng faol odamlar kuniga ikki soat-u qirq daqiqalik piyoda yurish darajasiga teng sport turlari bilan shug‘ullangan. Ularga yetib olish uchun eng kam harakatli odamlar o‘z kundalik tartibiga deyarli ikki soatlik piyoda yurish mashg‘ulotini qo‘shishi kerak bo‘ladi. Buning uddasidan chiqishsa, ular o‘rtacha 10,9 yil ko‘proq umr ko‘rishi mumkin. Bu o‘ta faol kishilarning har bir soatlik piyoda sayri, ularning umriga 6,3 soat qo‘shishini anglatadi.
Shu bilan birga, jismoniy mashqlardan allaqachon “maksimal doza olgan” faollar uchun bir soatlik sayr katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi, deb ta’kidlaydi Veyerman.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, olingan natijalar jismoniy mashqlarning sog‘liq uchun ahamiyatini yaqqol ko‘rsatmoqda. Aholi punktlarini loyihalashtirishda bu holat albatta inobatga olinishi lozim.
“Agar shaharlar sayr qilish va velosipedda yurish uchun qulayroq qilinsa, biz nafaqat umr ko‘rish davomiyligini oshirishimiz, balki sog‘liqni saqlash tizimlari va atrof-muhitga bo‘lgan yuklamani ham kamaytirishimiz mumkin”, — deb hisoblaydi Veyerman.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi
Jahon | 11:41
-
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
Jamiyat | 11:18
-
Rossiyaning Kursk viloyati sobiq gubernatori Aleksey Smirnov qo‘lga olindi
Jahon | 10:53
-
Toshkentdagi jamoat joylarida kinologiya punktlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:33
Mavzuga oid

23:01 / 16.04.2025
Bloomberg Xitoyning AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish shartlaridan xabar topdi

21:18 / 16.04.2025
Tramp o‘zini tanqid qilgan Baydenga javob qaytardi

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

19:10 / 16.04.2025