Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud: 10 oyda 4 934 kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi
Yanvar-oktyabr oylarida sudlar tomonidan 600 nafardan ortiq shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan.
O‘zbekistonda 10 oyda qariyb 5 ming kishi sud zalida qamoqdan ozod qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Sudlarning joriy yil yanvar-oktyabr oylaridagi faoliyatiga oid ayrim statistik raqamlar keltirildi. Unga ko‘ra, mazkur davrda 603 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmlari, 1 289 nafar shaxsga nisbatan esa jazo tayinlanmasdan hukm chiqarilgan.
Shuningdek, 10 866 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari taraflar yarashgani munosabati bilan tugatilgan. 5 603 nafar shaxsga asossiz qo‘yilgan ayblar ularning ayblovidan chiqarilgan.
10 oyda 8 041 nafar shaxsning harakatlari aybiga muvofiq qayta kvalifikatsiya qilingan. 4 934 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod etilgan.
Bundan tashqari, 27 302 nafar shaxs tayinlangan jazodan shartli ozod qilingan. 9 547 nafar shaxsga tayinlangan jazolar esa yengilrog‘i bilan almashtirilgan.
Mavzuga oid
20:28 / 03.07.2026
Oliy sud Plenumida inson huquqlari va sud amaliyotiga oid muhim qarorlar qabul qilindi
20:11 / 02.07.2026
Oliy sud Plenumining majlisi birinchi marta jonli efirga uzatiladi
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026