O‘zbekiston | 14:53 / 06.12.2024
5916
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Vaqtinchalik qo‘shimcha qatnov 15-31 dekabr va 3-12 yanvar kunlari oralig‘ida, haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.

“Temiryo‘lekspress” ma’lum qilishicha, ushbu yo‘nalishdagi qo‘shimcha poyezd yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15—31 dekabr kunlari hamda 2025 yilning 3—12 yanvar kunlari oralig‘ida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd jadvali quyidagicha:

  • 775-sonli Samarqand —Toshkent yo‘nalishi: Samarqanddan jo‘nash soat 10:55 da — Toshkentga yetib borish soat 13:15 da;
  • 776-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkentdan jo‘nash soat 13:56 da — Samarqandga yetib borish soat 16:14 da.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid