Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 7 dekabr kuni avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi
Poytaxtning Olmazor tumanida ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi sabab soat 10:00 dan 13:00 ga qadar bir qator ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi.
Toshkent shahar IIBB 7 dekabr kuni Olmazor tumanida «Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun» shiori ostida 5000 metr ommaviy yugurish musobasi o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan 7 dekabr kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar quyida keltirilgan ko‘chalarda avtomashinalar harakati vaqtincha cheklanadi:
- THAY—Sog‘lom avlod ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Sog‘lom avlod ko‘chasi bo‘ylab, Sog‘lom avlod—Shifokorlar ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Sog‘lom avlod—Shifokorlar ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Shifokorlar ko‘chasi bo‘ylab, Qamarniso—Shifokorlar ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Qamarniso—Shifokorlar ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Qamarniso ko‘chasi bo‘ylab, Talabalar—Qamarniso ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Talabalar—Qamarniso ko‘chalari kesishgan chorrahasidan, Talabalar ko‘chasi bo‘ylab, KHAY—Talabalar ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
«Poytaxtimiz aholisi va mehmonlaridan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda aylanma, yondosh ko‘chalardan harakatlanishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
20:47 / 01.06.2026
Toshkentda transformator yonib ketdi
13:28 / 11.04.2026
Xodimlarga daydi topishni buyurgan Olmazor tumani IIB amaldori ishdan olindi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
12:59 / 19.02.2026