Davlat universitetlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etiladi
O‘zbekistonda jamoaviy sport turlari rivojlantiriladi. “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2025-2026 o‘quv yilidan barcha davlat universitetlarida voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustida xokkey, suv polosi jamoaviy sport turlari bo‘yicha, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil etiladi.
Bunda oliygohlarning sport klublari faoliyati uchun tegishli oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) shaxsan mas’ul hisoblanadi. Sport klubi raisi etib ta’lim muassasasi rektori tayinlanadi, sport klubi menejeri lavozimi esa oliy ta’lim muassasasi kafedra mudiri lavozimiga tenglashtiriladi.
OTMlarga o‘z sport klublarini tegishli sport bazalariga beg‘araz asosda joylashtirish huquqi beriladi. OTMlarning har yilgi budjetdan tashqari daromadlari va xarajatlari smetasida sport klublarini saqlash bo‘yicha xarajatlar ko‘zda tutiladi.
2025-2026 o‘quv yilidan jamoaviy sport turlari bo‘yicha quyidagi sport musobaqalarini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi:
- “Maktab ligasi”;
- “Talabalar ligasi” va “Oliy ta’lim kubogi”;
- “Rektor kubogi”.
Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, davlat ishtirokidagi tijorat banklari va korxonalarda kamida 3 ta jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublari tashkil qilinadi.
Bunda jamoaviy sport turlari bo‘yicha idoraviy tashkilotlar kesimida “Rahbar kubogi”, mahalliy hokimliklar kesimida “Hokim kubogi” musobaqalari o‘tkazib boriladi. Mahallalar o‘rtasida “Mahalla ligasi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlarida jamoaviy sport turlari bo‘yicha sport klublarini tashkil qilish, tadbirkorlik sub’yektlari sport klublari o‘rtasida “Korporativ sport o‘yinlari” sport musobaqasini o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjat 2024 yil 6 dekabrdan boshlab kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampning boyligi o‘zi joriy etgan bojlar sabab 500 mln dollarga kamaydi
Jahon | 00:56
-
Muzlarning tez erishi Arktikadagi geosiyosiy poygani tezlashtirmoqda - Financial Times
Jahon | 00:24
-
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 08.04.2025
-
Rossiya aviakompaniyalariga chet el samolyotlarini ekipaji bilan birga ijaraga olishga ruxsat berildi
Jahon | 23:40 / 08.04.2025
Mavzuga oid

15:00 / 31.03.2025
Trampni tanqid qilgan uch professor Yyel universiteti va AQShni tark etyapti

20:50 / 25.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi

18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi

15:12 / 13.02.2025