Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi
2012 yilda tug‘ilgan bola tan jarohatlari olgan va tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida mashina maktab o‘quvchisini piyodalar yo‘lakchasida urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2024 yil 7 dekabr kuni soat 11:10 larda, A373 Toshkent-O‘sh yo‘lining Xo‘jaobod tumani “Faqirqishloq” MFY xududidan o‘tgan qismida yuz bergan.
1984 yilda tug‘ilgan haydovchi “Lasetti”ni boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismini belgilangan joydan kesib o‘tayotgan, 2012 yilda tug‘ilgan P.I.ni urib yuborgan.
Oqibatda, 12 yoshli maktab o‘quvchisi tan jarohati olgan va Xo‘jaobod tumani shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, hozirda, holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
00:40
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026
“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda haydadi” – Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi YTHga uchradi
08:58 / 15.05.2026
Toshkentda avtobus va yengil avtomobil to‘qnashdi
20:48 / 06.05.2026