Nogironligi borlar bilan ishlovchi sport murabbiylari oyligi 1,5 barobar oshiriladi
Joylardagi 130 ta sport maktabi, 90 ta maxsus ta’lim muassasasi va 29 ta “Muruvvat” uyidagi sport obektlari adaptiv sport turlariga moslashtiriladi.
Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tyapti.
Dunyoda nogironligi bor odamlarga to‘g‘ri keladigan 100 dan ortiq sport turi bor. Lekin, bizda bunday odamlarga sport bilan shug‘ullanishga faqat 22 ta turi bo‘yicha tibbiy xulosa beriladi.
Endilikda xalqaro andozalar asosida nogironligi borlarga sport turlari ham kengaytirilishi, ularni bunga layoqati kasallik turiga qarab avtomatik belgilanishi qayd etildi.
Natijada sport bilan shug‘ullanishga yo‘llanma olishi mumkin bo‘lgan nogironligi borlar soni 286 mingdan 440 mingga oshadi.
Mutasaddilarga kelgusi yilda adaptiv sport qamrovini 1,6 barobarga oshirib, 45 mingga yetkazish topshirildi. Bu odamlarni sport bilan shug‘ullantiradigan murabbiylar oyligi 1 yanvardan 1,5 barobar oshiriladi.
Joylardagi 130 ta sport maktabi, 90 ta maxsus ta’lim muassasasi va 29 ta “Muruvvat” uyidagi sport obektlari adaptiv sport turlariga moslashtiriladi.
Joylarda 300 ta yangi “vorkaut” maydonchalari quriladi, ularda ham xuddi shunday sharoitlar bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi
Jahon | 19:59
-
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:49
-
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi
Jahon | 19:46
-
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 19:32
Mavzuga oid

20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi

18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi

15:12 / 13.02.2025
“Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakati boshlanadi

14:44 / 13.02.2025