Rossiya Qozog‘istondagi uran qo‘shma korxonalaridagi ulushini Xitoyga sotadi
Qozog‘istonning «Kazatomprom» kompaniyasi o‘zining rossiyalik hamkori uran qazib olish bilan shug‘ullanuvchi qator qo‘shma korxonalardan chiqishini e’lon qildi.

Foto: Kazatomprom
Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasining shu’ba korxonasi Uranium One Group Qozog‘iston milliy yadroviy kompaniyasi «Kazatomprom» bilan tuzilgan qator qo‘shma korxonalardan chiqdi. Bu haqda 17 dekabr, seshanba kuni chop etilgan «Kazatomprom»ning press-relizida aytiladi.
«Kazatomprom» milliy atom kompaniyasi» AJ rossiyalik sherigi bir qator qo‘shma korxonalardan chiqayotganini e’lon qiladi. «Rosatom» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Uranium One Group AJ «Zarechnoye» AJ QKdagi 49,979 foiz ulushini SNURDC Astana Mining Company Limited kompaniyasiga sotdi, uning yakuniy benefitsiari - State Nuclear Uranium Resources Development Co. (Xitoy). «Kazatomprom»ning ushbu qo‘shma korxonadagi ulushi o‘zgarishsiz qolmoqda va 49,979 foizni tashkil etadi», — deyiladi hujjatda.
Aniqlik kiritilishicha, 2024 yil boshida «Zarechnoye» konidagi uran zaxiralari 3,5 tonnaga baholangan, qazib olishni 2028 yilga yakunlash rejalashtirilgan.
Uranium One Group AJ «Xorasan-U» qo‘shma korxonasidagi o‘zining 30 foiz ulushini va «Kyzylkum» MChJ ustav kapitalidagi 30 foiz ulushini China Uranium Development Company Ltd kompaniyasiga sotishi kutilmoqda. «Kazatomprom»ning ushbu aktivlardagi ulushi o‘zgarmadi, kompaniya «Xorasan-U» MChJ QKda 50 foiz va «Kyzylkum» MChJda 50 foiz (bilvosita) ulushga egalik qiladi, deyiladi press-relizda.
«Xorasan-U» MChJ QK Qizilo‘rda viloyatining Janaqo‘rg‘on tumanidagi Shimoliy Xuroson konining «Xorason-1» uchastkasida ishlamoqda. Hujjatda aytilishicha, kondagi uran zaxiralari 2024 yil boshida 33 ming tonnaga yaqinni tashkil etadi, qazib olish ishlari 2038 yilda yakunlanishi kutilmoqda.
«Kyzylkum» MChJ yer qa’ridan foydalanish huquqiga ega emas va uranni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi, deya ta’kidlaydi «Kazatomprom».
Qozog‘istonda uran qazib olish
The Moscow Times internet nashriga ko‘ra, Uranium One Group kompaniyasi 2023 yilda Qozog‘istonda 4800 tonna uran qazib olgan, bu Rossiyada 2700 tonna qazib olish bilan birga «Rosatom»ni bozordagi 14 foizlik ulush bilan dunyoda uchinchi o‘ringa olib chiqqan.
Nashrda, shuningdek, 75 foizi Qozog‘istonning «Samruk-Kazyna» davlat jamg‘armasiga tegishli bo‘lgan «Kazatomprom» Qozog‘istonda mustaqil ravishda ham, qo‘shma korxonalar orqali ham uran qazib olishi aytiladi. «Kompaniya dunyodagi uran qazib olishning 20 foizini ta’minlaydi va uni Xitoy, Janubiy va Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropaga eksport qilish uchun sotadi».
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33
-
Isroilning G‘azodagi yangi operatsiyasi, dronlar hujumiga zo‘r bergan Rossiya va Hamasning o‘ldirilgan navbatdagi qo‘mondoni – kun dayjesti
Jahon | 13:21
-
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi
Jahon | 13:17
-
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika hamda suv xo‘jaligi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 13:13
Mavzuga oid

12:18 / 15.05.2025
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025