Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya sun’iy yo‘ldoshlar yuklangan birinchi to‘liq tijorat raketasini yana uchira olmadi
Space One kompaniyasi o‘zining Kairos-2 raketasini uchirishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Mart oyida ushbu kompaniya raketasi portlab ketgandi.
Yaponiyaning Space One kompaniyasi Vakayama prefekturasidagi Spaceport Kii start maydonchasidan beshta sun’iy yo‘ldoshga ega o‘zining Kairos-2 raketasini uchirishga urinib ko‘rdi, biroq yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Sun’iy yo‘ldoshlar orbitaga chiqarilganida, bu mamlakatda faqat xususiy biznes kuchi bilan birinchi marta sun’iy yo‘ldoshlarning muvaffaqiyatli uchirilishi bo‘lardi. NHK teleradiokompaniyasining ma’lum qilishicha, parvoz nosozlik tufayli amalga oshmagan.

Space One 2030 yilga borib har yili uchiriladigan raketalar sonini 30 taga yetkazishni rejalashtirgan. Kompaniya, shuningdek, raketalar quvvatini oshirib, raqobatbardosh narxlarda nisbatan yirik sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarish niyatida.
Qattiq yonilg‘ili Kairos-2 uch pog‘onali raketasining uzunligi 18 metrni, og‘irligi esa 23 tonnani tashkil etadi — uni ishga tushirish ustidagi ishlar 2018 yildan beri davom etib kelmoqda. Raketaning 13 mart kuni o‘tkazilgan birinchi parvozi dvigateldagi nosozlik sabab muvaffaqiyatsiz kechgandi, natijada portlash yuz bergan va uning qoldiqlari odamlar istiqomat qilmaydigan hududga sochilib ketgan edi.
Yaponiyada kosmik parvozlar mamlakat Aerokosmik tadqiqotlar agentligi orqali davlat budjetidan moliyalashtiriladi. Oxirgi o‘n yilda agentlik tomonidan 30 ta raketa uchirilgan. Agentlikka bog‘liq Mitsubishi Heavy Industries korporatsiyasi ham sun’iy yo‘ldoshlarni davlat kosmodromidan ham uchirib turadi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026