Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
Ayol avvalroq ham shu usulda dori olib kirishga uringanda to‘xtatib qolingan. Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi chegara bojxona posti orqali 9 oylik chaqalog‘i kiyimlarida turli dorilar olib kirgan ayol ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, avvalroq Toshkent viloyatida joylashgan “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postidan o‘tayotgan shaxs qo‘lidagi chaqalog‘ining kiyimlari orasiga 32 dona “Anaferon” dori vositasini yashirib olib o‘tishga uringan vaqtda to‘xtatib qolingan va ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Oradan bir oy o‘tib u yana shu usulda – 9 oylik chaqalog‘ining boshdan oyoq kiyimlari orasiga 21 dona “Avamis” dori vositasini yashirib olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:30 / 24.04.2026