Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
Gumonlanuvchi 2005-2007 yillarda Olmaota qurilish kompaniyasida buxgalter bo‘lib ishlagan va hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Sherigi qo‘lga olinganidan keyin u mamlakatdan qochib ketgan.

Foto: Videodan kadr
Qozog‘iston juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini Rossiyadan ekstraditsiya qildi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi 2005 yildan 2007 yilgacha Olmaota qurilish kompaniyasida buxgalter bo‘lib ishlagan va hujjatlar bilan qayd etilmagan qalbaki kvitansiyalarni yozgan. Uning harakatlari natijasida 80 dan ziyod inson jabr ko‘rgan va yetkazilgan zarar miqdori 3,7 milliard tengedan (7 million dollar) oshgan.
Gumonlanuvchining sheriklaridan biri sudlangan, o‘zbekistonlik ayol esa jinoyatni sodir etganidan keyin yashiringan, shu bois u xalqaro qidiruvga berilgan.
Rossiya huquq-tartibot idoralari 2023 yil oxirida Krasnodar viloyatida ushbu fuqaroni qo‘lga olgan va Qozog‘iston Bosh prokuraturasining so‘roviga muvofiq ayolni ekstraditsiya qilishga kirishgan.
Ayni vaqtda gumonlanuvchi tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, u qilgan jinoyati isbotlansa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va mol-molki musodara qilinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Britaniya ixtisoslashtirilgan ta’lim dasturlarini amalga oshiradi
O‘zbekiston | 10:42
-
Isroil Eronga hujum chog‘ida 200 ta samolyotdan birontasini ham yo‘qotmadi
Jahon | 10:31
-
Isroil butun dunyodagi elchixonalari va konsulliklarini yopdi
Jahon | 10:27
-
AEXA: Eronning Natanzdagi obektida radiatsiya sizib chiqdi
Jahon | 10:24
Mavzuga oid

12:25 / 11.06.2025
Odam savdosi bilan shug‘ullangan ayol Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

00:44 / 04.06.2025
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi

21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi

11:21 / 16.05.2025