Deputat Energetika vazirligi va Kadastr agentligiga "deputat so‘rovi" yubordi
O‘zLiDeP partiyasi deputati Nuriddin Sultonov elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini elektrdan uzib qo‘yish hamda ularni demontaj qilish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan Energetika vazirligi va Kadastr agentligiga so‘rov yubordi.

O‘zLiDeP partiyasi deputati Nuriddin Sultonov elektromobillarni quvvatlash stansiyalari elektrdan uzib qo‘yilishi bo‘yicha Energetika vazirligi va Kadastr agentligiga “deputat so‘rovi” yubordi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar qildi.
Deputat so‘rovida O‘zbekistonda elektromobillar soni ortib borayotgani, xususan, 2024 yilning 10 oyida mamlakatga 20 mingdan ortiq shu turdagi transport vositalari import qilingani qayd etilgan.
Ushbu jarayon elektromobillardan foydalanish infratuzilmasining rivojlanishi va kengayishi zaruratini yuzaga keltirdi. Ko‘plab xizmat ko‘rsatish obektlari atrofida tadbirkorlar tomonidan elektromobillarni quvvatlash stansiyalari o‘rnatildi va aholiga xizmat ko‘rsatish joriy qilindi.
Shu bilan birga, 2022 yilning 9 dekabridagi hukumat qarorida savdo va biznes markazlari, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi infratuzilma obektlarining loyihalariga majburiy tartibda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini kiritish talabi ham belgilangan.
Biroq poytaxtda o‘rnatilgan va subabonent sifatida elektr tarmoqlariga ulangan, elektrdan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini elektrdan uzib qo‘yilayotgani tadbirkorlar tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.
“Deputat N.Sultonov Energetika vazirligiga elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari faoliyati cheklanib, ularni elektr tokidan uzish bo‘yicha ishlar amalga oshirilayotganlik holati yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish hamda Kadastr agentligiga Toshkent shahrida elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish bilan bog‘liq holatlarning qonuniyligi yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etishini so‘radi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi
O‘zbekiston | 14:09
-
O‘zbekistonlik haydovchilar Rostov-Dondagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 13:52
-
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi
Iqtisodiyot | 13:26
-
Britaniya O‘zbekistonda ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston | 13:17
Mavzuga oid

11:26 / 25.03.2025
Kadastr agentligi: “O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xatlovdan o‘tkazishda muammolar bor”

20:14 / 05.03.2025
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi

13:22 / 09.01.2025