Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
“Oxford Insighs” tashkiloti e’lon qilgan «Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi» reytingida O‘zbekiston 53,45 ball bilan 70-o‘rinni egallab, 17 pog‘onaga yuqoriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, mazkur reyting hukumatning sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga tayyorligini baholaydi va 40 ta indikator asosida tuziladi.
«Mamlakatning ushbu yutuqlari hukumat tomonidan tasdiqlangan «Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi» hamda bu sohadagi izchil islohotlar natijasi ekanligi ta’kidlandi», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston reytingda Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Hindiston va Turkiyadan keyin 3-o‘rinni egallagan.
Mavzuga oid
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
20:12 / 01.07.2026
AQSh hukumati xorijliklarning Anthropic SI modellaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
18:41 / 23.06.2026
G‘arb razvedkasi SI kiberhujumlarining yangi tahdidi haqida ogohlantirdi
14:38 / 23.06.2026