Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston-Afg‘oniston chegarasida janglar boshlandi
Ikki davlat chegarasida to‘qnashuvlar 27 dekabr kuni kechqurun boshlangani, qurbonlar borligi ta’kidlanmoqda.
Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi bir qancha nazorat-o‘tkazish punktlarida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi. Tomonlar yo‘qotishlar bo‘yicha turli ma’lumotlarni bermoqda. 25 dekabr kuni Afg‘oniston hukumati Pokistonning havo hujumi oqibatida 51 kishi halok bo‘lganini e’lon qilgan edi.
Ikki davlat chegarasida to‘qnashuvlar 27 dekabr kuni kechqurun boshlangan. Pokistonning Dawn gazetasi yozishicha, mahalliy chegarachilar aksilterror operatsiyasi davomida kamida «Tolibon»ning 9 nafar jangarisini yo‘q qilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Pokiston tomonidan qurbonlar yo‘q.
Afg‘onistonning TOLOnews telekanali 19 nafar pokistonlik askar halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, «Tolibon» harakati 5 kishini o‘ldirgan, yana uch kishi jarohatlangan.
To‘qnashuvlar Pokiston radikal guruhlari mustaqil davlat tuzishga intilayotgan hududda sodir bo‘lgan. Ular «Al-Qoida» bilan aloqador. 25 dekabr kuni Pokiston Afg‘oniston hududiga havo hujumi uyushtirdi. Islomobodning ta’kidlashicha, nishonlar terrorchilarning boshpanalari bo‘lgan. Kobul zarba uchun javob qaytarishga va’da berdi.
Mavzuga oid
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
10:50 / 12.06.2026