Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «Transperensi» va Ligalayz «chet el agentlari» deb e’lon qilindi
«Transperensi Interneshnl-Rossiya v izgnanii», reper Ligalayz, jurnalist Aleksey Kovalyov va boshqalar Rossiyada navbatdagi «chet el agentlari» deb e’lon qilindi.
Rossiya Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi «Transperensi Interneshnl-Rossiya v izgnanii» («TI-Rossiya v izgnanii»), reper Ligalayz (Andrey Menshikov), jurnalistlar Aleksey Kovalyov va Danil Belyakov, «Strana i mir. Sakharov Review» nashriyoti, pravoslav ruhoniysi Andrey Lvovni «chet el agentlari» deb e’lon qildi. «Chet el agentlari»ning yangilangan reyestri 27 dekabr, juma kuni vazirlik saytida e’lon qilindi.
«Transperensi» Rossiyada ikkinchi marta «chet el agenti» sifatida tan olindi
2015 yilda «Transperensi Interneshnl-Rossiya» («TI-Rossiya») yuridik shaxsi Rossiya Federatsiyasida «chet el agentlari» reyestriga kiritilgan. Biroq, Rossiya Bosh prokuraturasi Transparency International xalqaro harakatini «nomaqbul tashkilot» deb tan olganidan so‘ng, «TI-Rossiya» tugatildi. 2023 yilning kuzidan buyon tashkilot «Transperensi Interneshnl-Rossiya v izgnanii» nomi ostida faoliyatini xorijda davom ettiryapti.
«TI-Rossiya v izgnanii» vakili DW'ga «xavfsiz yurisdiksiyadan o‘zgarmagan holda o‘z ishini davom ettirishini» bildirdi. «Biz Transparency International xalqaro harakatining mamlakatdan tashqarida faoliyat yuritayotgan yagona bo‘limimiz. Rossiyada sog‘lom jamiyat qurish inson huquqlari faollari, siyosiy muxoliflar va jurnalistlarni ta’qib qilishga asoslanishi kerak emas, deb hisoblaymiz», — deyiladi tashkilot xabarida.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026