Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston halokatga uchragan AZAL samolyoti «qora quti»larini Braziliyaga jo‘natadi
ICAO tavsiyalari hamda Ozarboyjon va Rossiya aviatsiya ma’muriyatlari bilan maslahatlashuvlarni inobatga olgan holda, Qozog‘iston shunday qarorga keldi.
Qozog‘iston Oqtov yaqinida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyotining «qora quti»larini Braziliyaning Aviatsiya hodisalarini tekshirish va oldini olish markaziga (CENIPA) yuboradi. Bu haqda Qozog‘iston transport vazirligi xabar berdi.
«Chikago konvensiyasining 13-ilovasi standartlariga muvofiq, tekshiruv o‘tkazayotgan davlat bort registratorlarining o‘qilishini ta’minlaydi va «qora quti»larni o‘qish va shifrini ochish uchun mamlakatni tanlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi», deyiladi xabarda.
Qozog‘iston ushbu konvensiyani 1992 yilda ratifikatsiya qilgan va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) a’zosi hisoblanadi.
«Yuqoridagi hujjat asosida, shuningdek, ICAO tavsiyalari hamda Ozarboyjon va Rossiya aviatsiya ma’muriyatlari bilan maslahatlashuvlarni inobatga olgan holda, Qozog‘iston transport vaziri Marat Qoraboyev boshchiligidagi Aviatsiya hodisalarini tekshirish komissiyasi, parvozni qayd qiluvchi qurilmalarni (qora qutilarni) Embraer samolyoti ishlab chiqarilgan mamlakat Braziliyaning Aviatsiya hodisalarini tekshirish va oldini olish markaziga (CENIPA) yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi», deyiladi Qozog‘iston transport vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026