Rossiya harbiylari Yaponiya va Janubiy Koreyaga qarshi urush rejalarini ishlab chiqqani ma’lum bo‘ldi
Rossiya harbiylarining sizib ketgan maxfiy ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat Yaponiya va Janubiy Koreyaga bilan potensial urushga tayyorgarlik ko‘rgan. Xususan, RF ikki mamlakat hududidagi zarbalar beriladigan 160 obektdan iborat ro‘yxatni tuzib chiqqan.
Rossiyalik harbiylar Yaponiya va Janubiy Koreya bilan potensial urush holati uchun ushbu ikki mamlakat hududidagi 160 ta obektdan iborat ro‘yxatni tayyorlagan. Bu haqda rossiyalik harbiylarning 2013-2014 yilgi maxfiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan g‘arb manbalariga tayanib, Financial Times gazetasi xabar berdi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv vaqtida Rossiya qo‘shinlari zarbalar berishni rejalashtirgan obektlar ro‘yxatidan yo‘llar, ko‘prik va zavodlar, shuningdek, atom elektr stansiyalari va boshqa fuqarolik infratuzulma obektlari o‘rin olgan. Ro‘yxatdagi obektlarning yarmi — harbiy inshootlar bo‘lib, ular orasida Yaponiya va Janubiy Koreya Qurolli kuchlarining markaziy hamda mintaqaviy qo‘mondonlik punktlari, radiolokatsion uskunalari, aviabazalar va harbiy-dengiz obektlari mavjud.
Financial Times’ning qayd etishicha, sizib ketgan hujjatlar rossiyalik harbiylarni 2008 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan davrda potensial mojaroga tayyorlash uchun mo‘ljallangan, ammo ular «oldingidek Rossiya harbiylari uchun aktual». «Rossiya harbiylari NATO bilan urushda mamlakatning sharqiy chegaralari zaif bo‘lib qolishi va AQSh hamda ittifoqchilari tomonidan hujumlar uchun ochiq qolishidan xavotirda», — deb yozadi FT.
RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov nashrning bu boradagi so‘roviga javob qaytarmagan.
Mavzuga oid
09:10 / 03.01.2025
Qo‘riqlash xizmati Janubiy Koreya prezidentini hibsga olishga xalaqit berdi
20:45 / 02.01.2025
Janubiy Koreya muxolifati hokimiyatdan chetlatilgan prezidentni zudlik bilan hibsga olishni talab qildi
19:01 / 02.01.2025
Yaponiyada «ruhiy maummolar» tufayli ta’tilga chiqayotgan o‘qituvchilar soni oshdi
13:02 / 02.01.2025