Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2 yanvar kuni qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
2 yanvar kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 2 yanvar, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –1...+1, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Buxoro viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9–14 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9–14 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7, kunduzi –4...+1 daraja bo‘ladi.