Yangi hukumat pragmatik yondashuvni tanlamoqda, xususan, Rossiya uchun muhim bo‘lgan harbiy bazalar kelajagi borasida ham. Moskva tomonidan yarim asr mobaynida qo‘llab-quvvatlab kelingan Asadlar sulolasi ag‘darilganidan so‘ng Rossiyani Suriyada qanday kelajak kutmoqda? BBC shu haqida tahliliy maqola e’lon qildi.

«Biz Rossiya qarshiligiga qaramasdan o‘z uyimizdamiz»

43 kishi hayotiga zomin bo‘lgan hujumga qaramasdan, Duma shahridagi ko‘p qavatli uy qo‘shni binolarga nisbatan yaxshiroq saqlanib qolgan. Garchi zinapoya maydonchalaridagi derazalar sochilib yotganiga qaramasdan, uy deyarli butun. Quyosh nurlarida yoritilgan go‘zal marmar rangdagi tosh pollar, zina maydonlaridagi gullar va kvartira eshiklari oldida bir tekisda terib qo‘yilgan shippak va krossovkalar diqqatni tortadi — bu yerda hali ham odamlar yashaydi.

2018 yilning 7 aprelida bu uyda kimyoviy hujum sodir bo‘lgan edi.

Bir paytlar farovon bo‘lgan qishloq xo‘jaligi hududi Duma –«Damashqning g‘alla ombori» sifatida mashhur edi. 2011 yilda u qo‘zg‘olonchilarning muhim tayanch nuqtalaridan biriga aylandi. Hukumat qo‘shinlarining bir necha bor omadsiz hujumlari ortidan Duma va Sharqiy G‘uta viloyatining boshqa shaharlari ishg‘ol qilindi. Rejim tomonida Eron va uning proksi kuchlari jang qilgan bo‘lsa, 2015 yildan boshlab Rossiya ham urushga qo‘shildi. Urush nafaqat maktablar va turar joy massivlariga, balki qishloq xo‘jaligi yerlariga ham katta ziyon yetkazdi.

Nazvaniye

Sharqiy G‘uta ishg‘ol etilishi Suriyadagi fuqarolik urushi tarixidagi eng shafqatsiz sahifalardan biri bo‘lgandi. Dumaning 40 foizdan ortiq qismi vayron qilindi, o‘n minglab odamlar ocharchilikka ro‘baru keldi.

«Rossiya bu yerga terrorchilarni yo‘q qilish uchun kelganini aytadi, aslida esa bizni o‘ldirdi», — deydi avtomexanik Tofiq Diab. Uning farzandlari 2018 yil 7 apreldagi kimyoviy hujumda halok bo‘lgan.

Ushbu voqea turli tomonlar manipulyatsiyasiga aylandi. Muxolifat manbalarga ko‘ra, hujum mahalliy kasalxonaga qilingan va zarin kabi asabni falaj qiluvchi modda qo‘llangan. Rossiya esa hujum bo‘lganini butunlay inkor etish kampaniyasini olib bordi.

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (OPCW) vertolyot Suriya harbiy-havo kuchlarining Dumayr aviabazasidan uchib, ikki ballon xlor gazini turar joy binolari ustiga tashlaganini