Iqtisodiyot | 13:24 / 06.01.2025
927
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlarga tashqi moliya bozoriga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil etildi

Prezidentning "Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Savdo-sanoat palatasi qoshida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil qilindi

U har yili kamida 100 ta tadbirkorlik sub’yektiga davlat kafolatisiz xalqaro moliya institutlari, xorijiy moliya tashkilotlari va boshqa kredit tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

2025 yil 1 yanvardan:

  • O‘zbekistonning bojxona chegarasi orqali olib chiqiladigan paxta ipining har bir kilogrammi uchun yig‘im miqdori uning eksport narxining 2 foizi, ammo 0,05 AQSh dollaridan oshmaydigan miqdorda belgilandi;
  • O‘zbekistonning bojxona chegarasi orqali olib chiqiladigan trikotaj matosining har bir kilogrammi uchun yig‘im miqdori uning eksport narxining 1 foizi miqdorida belgilandi.

Farmon bilan tadbirkorlik sub’yektlari tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

Mavzuga oid