Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘limga hukm qilingan ikki mahbus Baydenning jazoni yengillashtirish borasidagi taklifini rad etdi
Dekabr oxirlarida Jo Bayden qarori bilan bir guruh o‘limga hukm qilingan mahbuslar jazosi umrbod qamoq jazosiga yengillashtirilgan edi. Afv etilganlarning ikki nafari prezident qaroridan norozi bo‘lib, sudga shikoyat arizasi kiritdi.
AQShda prezident Jo Bayden tomonidan o‘zlariga tayinlangan o‘lim jazosi shartli ozod etilish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirilgan ikki mahbus tegishli hujjatlarni imzolashdan bosh tortdi, deb xabar beradi NBC News.
Mahbuslarning advokatlari sudga Baydenning ularga nisbatan qarorini bekor qilish talabi bilan da’vo arizasini kiritgan. Mahbuslar o‘zlarining aybsiz ekanini ta’kidlamoqda. Ularga ko‘ra, o‘lim jazosining umrbod qamoq jazosiga yengillashtirilishi apellyatsiya davomida yutib chiqish imkoniyatlarini kamaytiradi.
NBC News’ning qayd etishicha, o‘limga hukm etilganlar apellyatsiyasi har doim sud xatolikka yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkinligi tufayli yaxshilab ko‘rib chiqiladi.
Shu bilan birga, telekanalning ta’kidlashicha, o‘lim jazosi yengillashtirilishini bekor qilish mumkin yoki mumkin emasligi, shuningdek, mahbuslarning da’vosi bo‘yicha sud qarori qanday bo‘lishi noma’lum. Xususan, 1927 yilda AQSh Oliy sudi mahkumning qatlni to‘xtatib turish yoki to‘liq afv etish uchun ularning roziligi talab qilinmaydi degan qarorni chiqargan.
Dekabr oxirlarida AQSh prezidenti federal sudlar tomonidan o‘limga hukm qilingan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirgandi. Jo Bayden ularning jazosini muddatidan oldin shartli ozod etilish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirgan.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026