Daniya qiroli mamlakat gerbini o‘zgartirdi - Trampning Grenlandiya haqidagi chiqishlaridan keyin
Daniya qiroli Frederik X mamlakat gerbini o‘zgartirib, unda Grenlandiya va Farer orollarining ramzlari — oq ayiq va qo‘chqorni yanada sezilarli qilib ko‘rsatdi, deb yozmoqda The Guardian va The Independent.
Qirollik saytida aytilishicha, o‘zgarishlar qirolning «hamdo‘stlikni [Daniya birlashgan qirolligi] aks ettiruvchi va tarix hamda geraldik an’analarni hisobga oladigan zamonaviy gerb yaratish» istagi tufayli 20 dekabrdagi qarori bilan kiritilgan.
1972 yilda qabul qilingan avvalgi versiyada Grenlandiya va Farer orollari ramzlari gerbning to‘rtta maydonidan biriga joylashtirilgan. Endi ular kattalashtirilib, alohida maydonlarga joylandi. Yana ikki maydondan Daniya gerbi va Janubiy Yutlandiya regioni gerbi (ikki holatda ham havorang sherlar) joy olgan.
Shuningdek, gerbdan Grenlandiya va Farer orollari ramzlari bilan bir maydonda bo‘lgan va 1397–1523 yillar oralig‘ida tuzilgan Daniya, Norvegiya hamda Shvetsiyaning Kalmar ittifoqi ramzi bo‘lgan uchta toj olib tashlangan. Qirollik bayonotida bu element «endi dolzarb xarakterda emasligi»aytilgan.
Qirollikning yangi gerbi 2024 yil yanvarida qirol Frederik uning foydasiga taxtdan voz kechgan onasi qirolicha Margret o‘rniga o‘tirishi bilan tuzilgan qo‘mita tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan.
The Guardian nashri gerb o‘zgarishi Grenlandiya va uning Daniya bilan munosabatlari atrofida keskinlik kuchaygan davrda sodir bo‘lganini qayd etgan. Bu, shuningdek, AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning dekabr oyida orolga «egalik va nazorat qilish» AQSh uchun «mutlaq zarurat» ekanini aytgan so‘zlaridan keyin yuz berdi. Grenlandiyani sotib olish rejalari haqida Tramp o‘zining birinchi muddati vaqtida ham gapirgandi, ammo rad javobini olgan. Bu safar mamlakat bosh vaziri Mute Egede yana bir bor «Grenlandiya sotilmaydi» deb javob qaytardi.
7 yanvar kuni Tramp o‘z o‘g‘li, kichik Donald Tramp Grenlandiyaga tashrif buyurishi haqida ma’lum qildi. «Grenlandiya — aql bovar qilmas joy va agar u bizning bir qismimizga aylansa, odamlar bundan katta naf ko‘radi… Grenlandiyani yana buyuk qilamiz», — deya yozgan AQShning saylangan prezidenti ijtimoiy tarmoqlarda.
Mavzuga oid
20:33
Tramp Grenlandiya va Panama kanalini kuch bilan egallash ehtimolini istisno etmayapti
16:59
Tramp Rossiyaning «Ukraina NATOga qo‘shilishi» borasidagi tuyg‘ularini tushunishini aytdi
16:26
Donald Trampga «sukut uchun pul» jinoyat ishi bo‘yicha hukm kechiktirilmaydi
12:11