Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mark Tsukerberg Facebook va Instagramʼda endi faktcheking bo‘lmasligini ma’lum qildi
Meta korporatsiyasi o‘z platformalari - Facebook, Instagram va Threads mikrobloglar servisida faktchekerlar xizmatidan voz kechadi.
Foto: AP
Mark Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, joriy tizim «juda ko‘p xato va senzura mavjud nuqtaga yetib kelgan». «Biz qoidalarni soddalashtiramiz va o‘z platformalarimizda so‘z erkinligini qaytaramiz», — dedi u.
Endilikda Meta platformalarida Ilon Maskka tegishli X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi kabi boshqa foydalanuvchilarning izohlari paydo bo‘ladi.
Bundan tashqari, foydalanuvchilarda tarmoq siyosatini buzayotgan postlar ustidan shikoyat qilish imkoniyati saqlanib qoladi. Ushbu shikoyatlar kontentni avtomatik skanerlash natijalaridan oldin hisobga olinadi.
Shuningdek, Meta «o‘z lentalarida ko‘rishni istagan» foydalanuvchilar uchun siyosiy kontentlarni yashirishni to‘xtatadi.
Facebookʼda faktcheking tizimi 2016 yilda, Rossiya «trollar fabrikasi»ning AQShdagi prezidentlik sayloviga aralashuviga oid mojaro fonida paydo bo‘lgandi. Faktcheking bilan Meta xodimlari emas, balki asosan professional jurnalist va muharrirlardan iborat boshqa tashkilotlar shug‘ullangan.
Mavzuga oid
18:27 / 08.05.2026
O‘zbekistonliklarning xorijiy bigtex kompaniyalar pulli xizmatlaridan foydalanishi 80 foizga oshdi
23:23 / 27.04.2026
Xitoy Meta’ning Manus startapini sotib olish bo‘yicha 2 milliard dollarlik bitimini to‘xtatdi
22:41 / 18.04.2026
Meta sun’iy intellekt sababli 8 ming xodimini ishdan bo‘shatadi
22:58 / 10.02.2026