Prezidentning “Özbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asraş va yaşil iqtisodiyot yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoni jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qiliş va iqlim özgarişiga moslaşişga qaratilgan loyihalarni barqaror moliyalaştiriş böyiça:
a) 2025 yil 1 dekabrga qadar Özbekiston Respublikasida “yaşil moliyalaştiriş” tizimini şakllantiriş böyiça milliy dastur işlab çiqiladi hamda “yaşil iqtisodiyot” fondini taşkil etiş çoralari köriladi;
b) 2025 yildan boşlab quyidagi manbalar hisobidan yaşil va kam uglerodli rivojlaniş loyihalarini qöllab-quvvatlaşga imtiyozli kredit va grant mablağlarini jalb etiş çoralari köriladi:
- Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan – bosqiçma-bosqiç 200 million yevro;
- Jahon bankidan – energetika sektorida metan emissiyasini kamaytiriş uçun 10 million dollar;
- Global yaşil ösiş instituti orqali Koreya xalqaro hamkorlik agentligi texnik kömagi doirasida – Özbekiston-Koreya örtasida yaşil hamkorlikni kuçaytiriş uçun 6,5 million dollar;
- Jahon bankining iCRAFT loyihasi doirasida – 500 ming tonna qisqartirilgan issiqxona gazlarini sotiş hisobiga 7,5 million dollar;
- Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatidan – sanoatni yaşillaştiriş va azot kislotasi işlab çiqaruvçi korxonalar atmosferaga çiqarayotgan zararli gazlarini qisqartiriş uçun 20 million yevro;
v) 2025 yil sentabrga qadar “yaşil iqtisodiyot” loyihalarini amalga oşirişda şaffoflikni ta’minlaşga qaratilgan milliy “yaşil iqtisodiyot” loyihalarini baholaş tartibi tatbiq etiladi;
g) 2025 yil noyabrga qadar qiymati 10 million dollardan yuqori bölgan davlat-xususiy şeriklik asosida yangi loyihalarni Source xalqaro platformasi va PIERS tizimi bilan integratsiya qiliş orqali loyihalarning “yaşil komponent”lari va barqaror rivojlaniş maqsadlariga mosligini baholaş amaliyoti yölga qöyiladi;
d) 2025 yil yakuniga qadar milliy şaffoflik tizimi doirasida issiqxona gazlarini mustaqil tekşiriş taşkiloti (validatsiya va verifikatsiya kompaniyasi) faoliyatini yölga qöyiş çoralari köriladi;
ye) Yevropa Ittifoqining texnik kömagida Buxoro, Namangan, Nukus, Urganç şaharlari va Ğuzor tumanida kam uglerodli rivojlaniş böyiça harakatlar rejalari işlab çiqilişi hamda 10 ta ijtimoiy obektning energiya samaradorligi oşirilişi ta’minlanadi.

















