Avtobus uchun ajratilgan yo‘lakda harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanadi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan qismi bor yo‘ldan harakatlangani uchun javobgarlik kiritiladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida avtobus uchun ajratilgan yo‘laklarda boshqa transport vositalari harakatlangani uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga transport vositalari haydovchilarining yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan qismi bor yo‘ldan harakatlangani uchun javobgarlik kiritilmoqda. Xususan, kodeks 128-7-moddasi bilan to‘ldiriladi.
Bunda quyidagi holatlar uchun javobgarlik belgilanmaydi:
- alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarining harakatlangani;
- yondosh hududning kirish yoki chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha harakatlanganlik;
- yo‘nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo‘lga chiqish;
- qatnov qismining chetki o‘ng tomonida yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun harakatlanganlik.
Majlisda so‘zga chiqqan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Ulug‘bek Qobulov so‘zlariga ko‘ra, ma’muriy jarima miqdorini belgilashda bir qator xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan. Xususan, AQSh Nyu-York shtatida bunday huquqbuzarlik uchun 50−250 dollar, Fransiyada 35−135 yevro, Germaniyada 135 yevrogacha, Belarusda 12 dollar, Qozog‘istonda 7 dollar miqdorida jarima undirilishi aniqlangan. Deputat shularni hisobga olib, taklif etilgan moddaning sanksiyasi miqdorini tushirish haqida qaror qabul qilinganini aytdi, ammo uning miqdorlariga aniqlik kiritmadi.
Dastlab qoidabuzarlikni birinchi marta sodir etganlik uchun BHM 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m), takror sodir etganlik uchun BHM 5 baravari (1 mln 875 ming so‘m) miqdorida jarima belgilash taklif etilgandi.
Tavsiya etamiz
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQSh hududlarni qanday qo‘lga kiritgan?
Jahon | 18:08 / 15.01.2025
Qonuniy taksi bozori qariyb 6 trln so‘mgacha o‘sdi
Iqtisodiyot | 09:47 / 15.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Toshkent viloyati va shahridagi 46 ta issiqxona faoliyati to‘xtatildi” – Ekologiya vazirligi
O‘zbekiston | 16:38
-
WSJ: Tramp inauguratsiyasining ertasi kunidan migrantlarga qarshi ommaviy reydlar boshlanadi
Jahon | 16:10
-
Navalniyning advokatlari ozodlikdan mahrum qilindi
Jahon | 16:00
-
Salkam 50 ming nafar o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida Turkiyaga borgan
O‘zbekiston | 15:40
Mavzuga oid
16:36 / 17.01.2025
Yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlik uchun javobgarlik belgilandi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
16:11 / 17.11.2024