Rossiya Davlat dumasining «Xorijiy davlatlarning Rossiya içki işlariga aralaşuvi faktlari»ni tekşiriş komissiyasi 14 yanvar, seşanba kuni parlamentning bahorgi sessiyasida «noqonuniy faoliyatga çek qöyiş»ga qaratilgan qonun loyihalari paketini qabul qiliş niyatida ekanligini ma’lum qildi. Unda Rossiyada «çet el agenti» sifatida tan olingan şaxslar va taşkilotlar nazarda tutilgan.

Jumladan, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddasiga xorijda joylaşgan «çet el agentlari»ni javobgarlikka tortiş imkonini beruvçi özgartiş kiritiş közda tutilgan. Bundan taşqari, e’lon qilingan paketdagi qonun loyihalarining bir qismi, komissiya raisi Vasiliy Piskarevning sözlariga köra, «çet el agentlari»ning Rossiya «ta’lim va ma’rifat tizimi»ga «ta’siri»ning oldini olişga qaratilgan. Parlament a’zosi heç qanday qöşimça ma’lumot taqdim etmadi.

«Çet el agentlari»ga passiv daromad oliş taqiqlandi

28 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin «çet el agentlari»ning Rossiyada passiv daromad olişini taqiqlovçi qonunni imzoladi. Endilikda «çet el agentlari» yoki ularga mablağ ötkazuvçi şaxslar köçmas mulk va transport vositalarini sotişdan tuşgan daromadlar, şuningdek, ularni ijaraga berişdan olingan daromadlar, omonat foizlari va dividendlar, intellektual faoliyat, ijodiy faoliyatdan olingan daromadlarni depozitga qöyiş uçun maxsus hisobvaraqlar oçişlari şart. Uşbu mablağlardan faqat «çet el agenti» maqomi bekor qilingandan keyingina foydalaniş mumkin böladi.

Hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasidagi «çet el agentlari» röyxatiga 400 dan ortiq şaxslar kiradi. 2023 yil boşidan 2024 yil örtalariga qadar Rossiyada «çet el agentining faoliyati tartibini buzganlik» uçun jami 25,8 million rubl miqdorida jarimalar qöllandi.

Davlat dumasi «nomaqbul» taşkilotlar doirasini kengaytirdi

2024 yil 8 fevralda Vasiliy Piskarev «nomaqbul taşkilotlar» röyxatiga nafaqat nodavlat notijorat taşkilotlari (NNT), balki davlat xorijiy va xalqaro taşkilotlarni ham kiritişni taklif qildi. Öşa yilning 23 iyulida Duma tegişli qonun loyihasini qabul qildi.