Bayden giyohvand moddalar ishi bo‘yicha qamalgan qariyb 2,5 ming kishining jazosini yengillashtirdi
AQSh prezidenti dekabr oyida o‘g‘li Hanterni ham afv etgandi, shuningdek, u o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirgan edi.

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Jo Bayden giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgani uchun qamalgan qariyb 2,5 ming kishini afv etdi. Amerika yetakchisining bu boradagi bayonoti Oq uy saytida e’lon qilindi.
«Bugun men zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirmay, giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanib, amaldagi qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydigan darajada uzoq muddatga hukm etilgan 2,5 mingga yaqin kishining jazosini yengillashtirmoqdaman», — deydi Bayden.
Ta’kidlanishicha, ushbu harakat tarixiy xatolarni tuzatish, hukm chiqarishdagi nomutanosiblikni bartaraf etish va munosib odamlarning panjara ortida uzoq vaqt o‘tirganidan keyin o‘z oilalari hamda jamoalariga qaytishiga imkon berish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Afv etish to‘g‘risidagi qaror Bayden AQSh prezidentligi lavozimidan ketishiga bir necha kun qolganida qabul qilinmoqda. 20 yanvar kuni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tadi.
Dekabr oxirlarida AQSh prezidenti federal sudlar tomonidan o‘limga hukm qilingan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirgandi. Jo Bayden ularning jazosini muddatidan oldin shartli ozod etilish imkoniyatisiz umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirgan. Shundan so‘ng afv etilganlarning ikki nafari prezident qaroridan norozi bo‘lib, sudga shikoyat arizasi kiritgan.
Undan oldinroq AQSh prezidenti Jo Bayden o‘g‘li Hanterni afv etgandi. Hanter Baydenga qarshi noqonuniy qurol saqlash va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ish ochilgan edi. Oq uy rahbari amerikaliklar ota va prezidentning o‘g‘lini afv etish qarorini tushunishlariga umid bildirgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06
-
Rossiya va Ukraina bir-birini energetika obektlariga zarba berishda davom etayotganlikda aybladi
Jahon | 22:54
-
Putin gubernatorlar maoshini keskin oshirdi
Jahon | 22:39
Mavzuga oid

19:46 / 28.03.2025
Shavkat Mirziyoyev jazo muddatini o‘tayotgan 488 nafar shaxsni afv etdi

20:08 / 21.03.2025
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi

09:04 / 18.03.2025
Tramp: Baydenning ayrim shaxslarni afv etishi - haqiqiy emas

20:56 / 27.02.2025