230 ta tug‘ruqxona uchun 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot muassasalarini jihozlash va xizmatlar sifatini oshirishga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Qayd qilinishicha, joriy yil aholi salomatligini mustahkamlash va davolash sifatini oshirish maqsadida davlat hisobidan 200 milliard so‘m ajratilgan. Shuningdek, tibbiyotga 370 million dollar xorijiy investitsiya kiritilishi mo‘ljallangan.
Taqdimotda tibbiyot muassasalarini jihozlash bo‘yicha rejalar bayon etildi. Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining 100 million dollar mablag‘i evaziga respublikadagi 230 ta tug‘ruq muassasasi uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi.
Germaniyaning KfW bankining 30 million yevro mablag‘i hisobiga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 tadan tibbiyot muassasasi yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi 862 ta uskuna bilan jihozlanadi. Yana shu bankning 13,5 million yevro granti orqali Termiz shahrida o‘quv markazi, talabalar turar joyi quriladi. Bu markaz zamonaviy o‘quv-simulyatsiya va axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.
Davlat rahbari jihozlash bu masalaning faqat bir qismi ekani, ularda ishlay oladigan malakali mutaxassislarni hozirdan tayyorlash kerakligini ta’kidladi. Tegishli muassasalardagi shifokor va hamshiralarni qo‘shimcha o‘qitish vazifasi qo‘yildi.
Uskunalardan samarali foydalanish ham muhim. Masalan, viloyatlarda angiograflar yuklamasi o‘rtacha 34 foiz. Tomograf bo‘yicha holat ham har xil. Shu bois, hokimliklar bilan birga, davlat shifoxonalaridagi yuqori texnologik uskunalardan samarali foydalanish bo‘yicha autsorsing va xususiy sheriklik loyihalari yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi
Jahon | 14:20
-
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi
O‘zbekiston | 13:51
-
Isroilni ogohlantirgan Eron, G‘azoga kelgan yordam va Putindan Sumini bosib olishni so‘ragan amaldor – kun dayjesti
Jahon | 13:49
-
Rossiya va Ukraina «1000 ga 1000» asirlar almashinuvi bo‘yicha ro‘yxatlarni oldi
Jahon | 13:45
Mavzuga oid

08:00
O‘zbekiston prezidenti Sloveniyaga tashrifini yakunladi

23:48 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi

20:38 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob qo‘shma bayonotni imzoladi

20:08 / 22.05.2025