Britaniyada soliqlar sabab rekord darajada ko‘p millionerlar mamlakatni tark etmoqda - The Times
2024 yilda Buyuk Britaniyadan jami 10,8 ming millioner chiqib ketgan. Ular asosan Italiya, Shveytsariya va Birlashgan Arab Amirliklariga ketmoqda.

Foto: Getty Images
Buyuk Britaniyani har 45 daqiqada bir millioner tark etmoqda, deb xabar berdi The Times gazetasi New World Wealth tahlil firmasi ma’lumotlariga tayanib. Bunga bosh vazir Kir Starmer boshchiligidagi leyboristlarning soliq siyosati sabab bo‘lmoqda.
Nashr ta’kidlashicha, o‘tgan yili Buyuk Britaniyadan jami 10,8 ming millioner chiqib ketgan, bu 2023 yilga nisbatan 157 foizga ko‘p. Shu bilan birga, rekord darajada ko‘p millionerlarning ketishi aynan Starmer hokimiyatga kelgan iyul oyidan boshlab kuzatilgan.
Ular asosan Italiya, Shveytsariya va Birlashgan Arab Amirliklariga ketmoqda, deyiladi xabarda.
2024 yil oktyabr oyi oxirida leyboristlar hukumati davlat moliyasini ko‘paytirish va ijtimoiy xizmatlarga sarmoya kiritishni ta’minlash maqsadida 40 milliard funt sterling (51,8 milliard AQSh dollari) miqdorida soliqlarni oshirishni nazarda tutuvchi budjet rejasini taqdim etgandi. Buyuk Britaniya g‘aznachilik kansleri Reychel Rivz ta’kidlashicha, yangi hukumat avvalgi rahbariyatdan qolgan 22 milliard funt sterling (28 milliard dollar) miqdoridagi budjet kamomadini yopish uchun soliqlarni oshirishga majbur bo‘lmoqda.
Avvalroq Bloomberg Britaniyaning har yettinchi kompaniyasi rahbari, agar qirollikda soliqlar oshirilsa, biznesni mamlakatdan tashqariga ko‘chirish niyatida ekanini xabar qilgandi. So‘rov natijalariga ko‘ra, leyboristlarning iqtisodga oid siyosati borasida kompaniyalar rahbarlarining 46 foizi pessimistik, 37 foizi optimistik fikr bildirgan.
Kuzda e’lon qilingan soliqlardan keyin, endi yanada ko‘proq britaniyalik tadbirkorlar mamlakatni tark etishga tayyor, deb ta’kidladi The Times.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urush shov-shuvi, «Chashma» kelishuvi, chegaradan qaytgan turkman pomidori va safari qoldirilgan Meloni
Jahon | 13:30
-
Mojaroli klasiko. «Real» bu safar jang taklif qildi, ammo ozroq yetmadi
Sport | 12:45
-
Istanbulda yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
O‘zbekiston | 12:18
-
Vatikanda Fransiskning dafn marosimiga 200 ming kishi yig‘ildi – fotosuratlar
Jahon | 11:19
Mavzuga oid

23:42 / 25.04.2025
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi

20:28 / 24.04.2025
Britaniya Suriya vazirliklari va razvedka xizmatlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

10:24 / 22.04.2025
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga o‘rik danagi mag‘zi eksporti yo‘lga qo‘yildi

20:31 / 21.04.2025