Bayden Trampning bir qator taniqli raqiblarini afv etdi
Prezidentligining so‘nggi soatlarida Jo Bayden AQSh armiyasining iste’fodagi generali Mark Millini va Donald Trampning jinoiy ta’qib bilan tahdid qilingan bir necha muxoliflarini afv etish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.

Foto: Roberto Schmidt/AFP
20 yanvar, dushanba kuni iste’foga chiqqan AQShning 46-prezidenti Jo Bayden o‘z prezidentligi so‘nggi bir necha soatlarida Donald Tramp tomonidan davlatga xiyonatda ayblangan AQSh shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining sobiq raisi, iste’fodagi general Mark Millini, Allergiya va yuqumli kasalliklar institutining sobiq rahbari, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha sobiq maslahatchi Entoni Fauci; AQSh Kongressining sobiq a’zosi Liz Cheyni va Trampni 2021 yil 6 yanvarda tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirganligi uchun javobgarlikka tortishga harakat qilgan Vakillar palatasining sud-huquq qo‘mitasidagi yuqori darajadagi demokratlarni afv etish haqidagi farmonlarni imzoladi.
«Ushbu afv etish hujjatlarini ularning birortasi qonunbuzarlik qilganini tan olish sifatida qabul qilish yoki biron bir jinoyat uchun aybni tan olish sifatida talqin qilish kerak emas», deyiladi Baydenning bayonotida. AFP xabar berishicha, bu qaror 20 yanvar kuni AQShning 47-prezidenti lavozimiga kirishgan Tramp tomonidan afv etilganlardan ehtimoliy qasos olinishidan himoya qilish uchun qabul qilingan.
AFP'ning yozishicha, Oq uyni tark etishdan oldin Bayden «eng sinovdan o‘tmagan» tarzda afv etish huquqidan foydalangan: u hatto tergov ostida bo‘lmaganlarni ham afv etgan. Gap profilaktik afv deb ataladigan narsa haqida bormoqda — hozirda bu shaxslarning birortasiga nisbatan jinoiy ish olib borilmayapti va shuning uchun uni hozir ochish mumkin emas. Qaror «Tramp va bo‘lajak prezidentlar tomonidan afv etish usullaridan yanada kengroq foydalanishga» yo‘l ochishi mumkin, deya qayd etadi agentlik.
Germaniya elchisi: Tramp AQShda konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirishi mumkin
Germaniyaning Vashingtondagi elchisi Andreas Mixaelis Germaniya hukumatini AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishganidan keyin AQSh siyosatida yuz berishi mumkin bo‘lgan katta o‘zgarishlar haqida ogohlantirdi. Bu haqda dpa va Reuters axborot agentliklari 19 yanvar kuni maxfiy hujjatga tayanib xabar berdi.
14 yanvarda Mixaelis imzolagan va Germaniya Tashqi ishlar vazirligi, federal kansler idorasi, Germaniya Ichki ishlar va Adliya vazirliklariga yuborilgan hujjatda Trampning Oq uyda ikkinchi muddatga saylanish rejalari yakunida «konstitutsiyaviy tuzumni qayta ko‘rib chiqishga – Kongress va federal shtatlar zarariga prezident qo‘lida hokimiyatning maksimal darajada to‘planishiga» olib keladigan «maksimal» dastur sifatida tasvirlangan.
«Asosiy demokratik tamoyillar, nazorat va muvozanat tizimi sezilarli darajada buziladi, qonun chiqaruvchi hokimiyat, huquqni muhofaza qilish organlari va ommaviy axborot vositalari o‘z mustaqilligini yo‘qotadi va siyosiy vosita sifatida ishlatiladi, eng yirik texnologiya kompaniyalari esa birgalikda boshqaruvga ega bo‘ladilar», — deb yozadi diplomat.
Uning qayd etishicha, sud tizimi, xususan, AQSh Oliy sudi Trampning o‘z rejalarini amalga oshirish harakatlarida markaziy o‘rin tutadi. Mixaelis fikricha, Adliya vazirligi va Federal tergovlar byurosi ustidan nazorat respublikachilarning ommaviy deportatsiyalar, dushman deb hisoblanganlardan qasos olish va qonuniy immunitet kabi siyosiy va shaxsiy maqsadlariga erishishning kalitidir.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chilonzor tumani hokimligida 8 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
Jamiyat | 17:13
-
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:07
-
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi
Jahon | 17:06
-
The Atlantic muharriri qanday qilib Tramp jamoasining yopiq chatiga kirib qolgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 17:02
Mavzuga oid

16:10
«Bu qonli qirg‘in». Trampning bojlari Osiyo bozorlarini qulatdi

23:36 / 06.04.2025
Yerokomissiya AQShdan import qilinadigan go‘sht, kiyim-kechak va hojatxona qog‘oziga javob bojlari joriy etadi

19:44 / 06.04.2025
Eron armiyasi jangovar shay holatga keltirildi - Reuters

17:20 / 06.04.2025