Ma’lum qilinişiça, maktubda Tramp Suriyaga amerikalik investorlarni jalb qiliş va mamlakat iqtisodiyotini tiklaşga kömaklaşiş
haqida ham töxtalgan.
«Bizda Suriyaga sarmoya kiritişga tayyor bölgan amerikalik kompaniyalar bor. Ular mamlakatingizni har qaçongidan ham farovon va rivojlangan davlatga aylantirişga yordam berişga tayyor», — deyiladi AQŞ prezidentining murojaatida.
Şuningdek, NATO sammitining yakuniy kunida Anqara şahrida Donald Tramp va Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şar’aning şaxsiy uçraşuvi bölib ötdi. Unda ikki davlat örtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantiriş, iqtisodiy hamkorlik va xavfsizlik masalalari muhokama qilingan.
Bundan avval Tramp Suriyaga nisbatan joriy etilgan AQŞ sanksiyalarini bekor qiliş töğrisidagi farmonni imzolagan edi. Şu bilan birga, u davlat kotibi Marko Rubioga Suriyani terrorizm homiysi davlatlar röyxatidan çiqariş masalasini körib çiqiş böyiça topşiriq bergan.
Mazkur röyxatda böliş mamlakat uçun qator jiddiy çeklovlarni anglatadi. Jumladan, AQŞning taşqi yordami çeklanadi, qurol-yaroğ eksport qiliş taqiqlanadi hamda xalqaro moliyaviy operatsiyalarga oid bir qator tösiqlar saqlanib qoladi. Şu sababli Suriyaning uşbu röyxatdan çiqarilişi mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimini oşirişi mumkin.
Xususan, Saudiya Arabistonining bir neçta yirik kompaniyalari allaqaçon Suriyani uruşdan keyin qayta tiklaş loyihalariga sarmoya kiritişga tayyorligini bildirgan. Suriyaning yangi rahbariyati esa AQŞ qarorlari mamlakatning jahon iqtisodiyotiga qayta integratsiya qilinişi uçun muhim qadam bölişini ta’kidlab kelmoqda.
Tramp va aş-Şar’aning avvalgi uçraşuvi
Donald Tramp Suriyaga qarşi sanksiyalarni bekor qiliş niyatini ilk bor 2025 yil may oyida ma’lum qilgan edi. Oradan köp ötmay, Ar-Riyod şahrida u Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şar’a bilan uçraşdi. Bu AQŞ va Suriya rahbarlarining sönggi 25 yil içidagi birinçi rasmiy uçraşuvi sifatida tarixga kirdi.
Avvalroq The Times naşri Suriya rahbari AQŞdan sanksiyalarni bekor qiliş evaziga amerikalik kompaniyalarga mamlakat tabiiy resurslaridan foydalaniş imkoniyatini taklif qilganini yozgan edi.

















