Lukashenko Belarusda internetni cheklamaslikka va’da berdi
Shuningdek, u blogerlar faoliyatini taqiqlash bo‘yicha biror chora ko‘rilmasligini aytdi. «Biz hech qachon bu haqida o‘ylamaganmiz», dedi Belarus prezidenti.

Foto: RIA Novosti
Belarus hukumati mamlakatda internetga cheklov joriy etish va blogerlarni taqiqlash bo‘yicha choralar ko‘rishni rejalashtirmayapti. Bu haqda respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, ko‘pchilik, ayniqsa, chet eldagi belaruslar mamlakatda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridan oldin internet cheklanishi haqida gapirmoqda. «Biz hech qachon bu haqida o‘ylamaganmiz. Internetni xohlayapsizmi — o‘tiravering u yerda», — deydi Lukashenko Minksdagi avtozavod ishchilari bilan muloqotda.
Belarus prezidentining hisoblashicha, blogerlar faoliyati davlat uchun muammo tug‘dirmaydi va biror-bir cheklovchi choralarni ko‘rishga hojat yo‘q.
«Taqiqlash — bu oson: taqiqlaysan — o‘tirasan, xursand bo‘lib. Taqiqlar har doim ham foyda bermaydi. G‘alaba qozonish lozim. Biz yaxshiroq ekanimizni isbotlashimiz kerak», — deydi Lukashenko.
Shu bilan birga, u davlat xavfsizligi va suverenitetini saqlashga taalluqli masalalar bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishini aytib o‘tgan.
Belarusda prezidentlik saylovlari 2025 yil 26 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Lukashenko 1994 yildan beri respublika prezidenti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda va bu safar u yettinchi marta saylovlarda o‘z nomzodini ilgari suradi.
2020 yil 9 avgust kungi prezidentlik saylovlaridan keyin Lukashenkoning g‘alabasi e’lon qilingach, Belarusda yarim yildan ortiq vaqt ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi. Muxolifat Lukashenkoning iste’fosini, siyosiy mahbuslar ozod etilishi va yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qildi. Norozilik aksiyalari kuchishlatar tuzilmalar tomonidan kuch bilan bostirilganidan keyin to‘xtagan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin prezident ekan harbiy jinoyatlar uchun sirtdan sud qilinmaydi - Euronews
Jahon | 05:20
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
Mavzuga oid

23:52 / 09.04.2025
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi

11:35 / 09.04.2025
O‘zbekistonda Belarus davlat universiteti filiali ochiladi

22:54 / 26.03.2025
Belarus sanksiyalarni chetlab o‘tib, Gambiyadan uchta Airbus samolyotini sotib oldi

18:00 / 25.03.2025