Shakarob dunyoning eng yomon taomlari reytingiga kiritildi
O‘rta Osiyoda mashhur bo‘lgan bu salat eng yomon taomlar qatorida qayd etildi.

Foto: Shutterstock
TasteAtlas gastronomik ensiklopediyasi dunyoning eng yomon 100 ta taomi reytingini e’lon qildi. Unda Shakarob (achchiq-chuchuk) salati 42-o‘rinda qayd etildi.
«Shakarob – oddiy salat, asli O‘rta Osiyodan, ayniqsa O‘zbekiston va Qirg‘izistonda mashhur. Unda pomidor, piyoz, tuz, maydalangan qizil va qora qalampir mavjud. Pomidor va piyoz yupqa to‘g‘raladi, so‘ngra ziravorlar sepiladi va salat tanovvul qilish uchun tayyor. U alohida kichik porsiyalarda yoki go‘sht bilan guruchga garnir sifatida dasturxonga tortilishi mumkin», deyiladi xabarda.
Eng yomon taomlar reytingida birinchi o‘rinni Shvetsiyaning «Blodplettar» qonli blinchiklari egalladi. U xamirga bug‘u qonini qo‘shish orqali tayyorlanadi.
Finlyandiyaning javdar uni va turli hayvonlarning qoni yordamida tayyorlanadigan «Blodpalt» taomi ikkinchi, gamburger va kartoshka bilan to‘ldirilgan Shvetsiyaning «Kalskrov» pitssasi uchinchi o‘rinda qayd etildi.
TasteAtlas - butun dunyo bo‘ylab taomlar va mahsulotlar haqida ma’lumot to‘playdigan gastronomik atlas. U ko‘plab omillarni hisobga oladigan keng qamrovli ball tizimiga asoslanadi. TasteAtlas reytingining asosiy mezonlari: foydalanuvchilar ovozi, mutaxassislarning sharhi, qidiruv tizimlarida mashhurlik, pazandachilik merosi, ingrediyentlar tarkibi va boshqalar. Reyting muntazam ravishda yangilanadi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
Mavzuga oid

12:07 / 29.03.2025
Malayziyada "Umra plyus O‘zbekiston" ziyorat turizm paketlari joriy qilinadi

13:07 / 27.03.2025
O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni sezilarli oshdi

13:48 / 11.03.2025
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

16:08 / 31.01.2025