XJS prokurori «Tolibon» yetakchisini hibsga olish uchun order berishni so‘radi
«Tolibon» yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda va «Tolibon» tomonidan tayinlangan Oliy sud rahbari Abdulhakim Haqqoniy ayollar va qizlarni, shuningdek, ularning yonini olganlarni ta’qib qilganlikda ayblanmoqda.

Foto: Reuters
Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon Afg‘onistonda hukmron «Tolibon» harakati yetakchisini hibsga olish uchun order berishni so‘radi. U insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinmoqda.
Sud saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, prokuror suddan «Tolibon» yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda va «Tolibon» tomonidan tayinlangan Oliy sud rahbari Abdulhakim Haqqoniyni hibsga olish uchun order berishni so‘ragan. Ular ayollar va qizlarni, shuningdek, ularning yonini olganlarni ta’qib qilganlikda ayblanmoqda.
2021 yilda Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri «Tolibon» hukumati ayollar va qizlarning huquqlarini sezilarli darajada poymol qiluvchi qator jiddiy cheklovlarni joriy qildi. Ushbu cheklovlar hayotning deyarli barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatdi va ayollarning jamiyatdagi mavqeini sezilarli darajada yomonlashishiga olib keldi.
«Tolibon» tomonidan kiritilgan asosiy cheklovlar qatorida qizlarning o‘rta maktab va universitetda ta’lim olishi taqiqlanishi, ayollarning aksariyat davlat idoralari va xususiy kompaniyalarda ishlashi taqiqlanishi, ayollarga erkak qarindoshi hamrohligisiz uzoq masofalarga sayohat qilish taqiqlanishi, ayollarga jamoat joylarida butun vujudini va yuzini yopishni talab qilinishi, ayollarga bog‘lar, sport zallari, go‘zallik salonlari va boshqa jamoat joylariga borish taqiqlanishi, mamlakat siyosiy hayotida ishtirok etishi taqiqlanishini sanash mumkin.
«Tolibon» hukumatini dunyoning hech bir davlati tan olmagan, ammo ba’zi mamlakatlar u bilan munosabat o‘rnatgan.
XJS tomonidan chiqarilgan hibsga olish orderi Rim Statutiga a’zo davlatlarni unda ko‘rsatilgan shaxsni hibsga olishga majburlovchi rasmiy hujjatdir. Order berilishi shaxsning aybdor ekanini anglatmaydi. Aybdorlik faqat sud jarayonida aniqlanadi.
XJS faqat Rim Statutiga a’zo bo‘lgan davlatlar hududida yoki BMT Xavfsizlik Kengashi talab qilgan taqdirdagina jinoyatlarni tergov qilishi mumkin.
XJS Rim Statuti 125 dan ortiq davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan va bu raqam o‘zgarib turadi. Afg‘oniston Rim Statuti ishtirokchisi sanaladi. O‘zbekiston Rim Statutini 2001 yilda imzolagan, ammo ratifikatsiya qilmagan.
Mavzuga oid

21:47 / 22.04.2025
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025