Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Xususan, Nukusda qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan 3,6 sotix yerni 170 mln so‘mga sotishga uringan fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatida yer maydonlarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departamenti.
Qayd etilishicha, departamentning Taxtako‘pir tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda S.P. ismli shaxs fuqaro A.K.ning ishonchiga kirib, qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan Nukus shahri hududidagi 3,6 sotix yer uchastkasini 170 million so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Andijon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda N.N. ismli shaxs fuqaro X.A.ga «U.D.» qo‘shma korxonasiga ajratilgan yer maydonining 4 sotixini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali 10,5 ming dollar evaziga turar joy sifatida rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U ushbu pullar hisobidan 5,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Andijon va Navoiy viloyatlarida noqonuniy tarzda yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangani, Toshkentda davlat zaxirasida bo‘lgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026