Gretsiyada - 2023 yilgi poyezd halokati tufayli norozilik namoyishlari
Gretsiya shaharlarida 57 kishining hayotiga zomin bo‘lgan poyezd halokati ishi yuzasidan o‘n minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi. Afinada namoyish politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.

Foto: AP / Yorgos Karahalis
57 kishining hayotiga zomin bo‘lgan poyezd halokatidan deyarli ikki yil o‘tib, Gretsiya shaharlarida o‘n minglab odamlar «adolat» talabi bilan ko‘chalarga chiqishdi. AFP xabariga ko‘ra, 26 yanvar, yakshanba kuni poytaxt Afinada 30 mingdan ortiq, Salonikida esa 16 mingga yaqin namoyishchi yig‘ilgan.
Namoyishchilarning bannerlarida: «Biz unutmaymiz, kechirmaymiz», «Adolat. Yashirishga - yo‘q» deb yozilgan», — deya xabar beradi AFP muxbiri.
Afinada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi, namoyishchilar politsiyaga molotov kokteyli uloqtirdi, huquq-tartibot xodimlari esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shovqinli granatalardan foydalanishdi, dedi jurnalistlarga namoyishchilardan biri.
Gretsiya shimolida poyezdlarning to‘qnashuvi
2023 yil 28 fevral kuni Afinadan Salonikiga ketayotgan yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi. To‘qnashuvdan oldin ikkala poyezd ham 19 daqiqa davomida bir yo‘lda bir-biriga qarab harakatlangan, deya qayd etadi AFP. Larisa shahri yaqinidagi halokatda 57 kishi halok bo‘lgan, ularning ko‘pchiligi talabalardir.
AFP ta’kidlaganidek, bu falokatga inson xatosi va Gretsiya temiryo‘llari tarmog‘idagi jiddiy kamchiliklar sabab bo‘lgan. O‘tgan hafta e’lon qilingan yangi ekspert xulosasida ham yuk poyezdi yuk, jumladan, portlovchi moddalarni tashish qoidalarini buzganligi aniqlangan. Shu sababli halokat kuchli yong‘in bilan birga bo‘lgan.
To‘qnashuvdan keyin ko‘plab yo‘lovchilar bo‘g‘ilib qolgan, deyiladi xabarda. Qutqaruvchilar va qurbonlar o‘rtasidagi telefon suhbatlari yozuvlarida ulardan biri «kislorod yo‘q» deb qichqiradi. Bu so‘zlar Afinadagi namoyishning ayrim ishtirokchilarining plakatlarida yozilgan, deb ta’kidladi jurnalistlar.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori tayinlandi
O‘zbekiston | 10:37
-
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
Jahon | 10:11
-
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Navoiyda vintilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 09:47
Mavzuga oid

08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi

16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi

18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi

10:00 / 11.04.2025