Tesla Xitoy elektromobillariga joriy etilgan bojlar tufayli Yevrokomissiya ustidan shikoyat qildi
Tesla Bryussel tomonidan Xitoy elektromobillari importiga boj joriy etilgani sabab Yevropa komissiyasiga qarshi da’vo arizasini kiritdi. Bu haqda Yevropa sudi hujjatlariga tayanib, Financial Times xabar berdi.

Foto: Reuters
Bundan oldin shu kabi da’volar Germaniyaning Bayerische Motoren Werke AG va Xitoyning BYD Co., Geely Automobile Holdings Ltd. hamda SAIC Motor Corp. avtomobilsozlik kompaniyalari tomonidan kiritilgan edi.
Qayd etilishicha, 2024 yilda YeIda sotilgan barcha elektromobillarning qariyb beshdan bir qismi (300 mingga yaqin) Xitoyda yig‘ilgan. Tesla shtab-kvartirasi AQShda joylashganiga qaramay, o‘z avtomobillarining ko‘p qismini Xitoyda ishlab chiqaradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevrokomissiyaga qarshi ish umumiy yurisdiksiyadagi Yevropa sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi, uning qarori ustidan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga shikoyat qilish mumkin bo‘ladi. Jarayon 18 oygacha davom etishi mumkin.
Xitoy elektromobillariga qarshi 35,3 foizli bojlar 2024 yilning oktyabrida joriy etilgandi. Bunga Pekin ichki bozorni rag‘batlantirish orqali adolatli raqobatga to‘sqinlik qilayotgani bo‘yicha olib borilgan surishtiruvlar sabab bo‘lgan.
Xitoy elektromobillar uchun bojlar tufayli YeI ustidan JSTga shikoyat qilgan
Pekin XXRda ishlab chiqarilgan elektromobillarni Yevropa Ittifoqiga olib kirishga qo‘shimcha bojlar joriy etish to‘g‘risidagi Yevrokomissiya qarori ustidan Jahon savdo tashkilotiga (JST) rasman shikoyat qilgan. Ta’kidlanishicha, Bryusselning qarori JST qoidalariga zid keladi va «iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda global hamkorlikka» putur yetkazadi.
Idora Yevropa komissiyasini «zudlik bilan o‘zining noto‘g‘ri amaliyotini tuzatishga» hamda «Xitoy va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo-siyosiy hamkorlik barqarorligini, shuningdek, elektromobillar uchun sanoat va logistika zanjirlarini birgalikda saqlashga» chaqirgan edi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Xalqaro institutlar bugun samarasiz bo‘lib boryapti» – global iqtisodiy holat haqida
O‘zbekiston | 14:44
-
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi
O‘zbekiston | 14:12
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
-
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
O‘zbekiston | 13:48
Mavzuga oid

21:00 / 17.04.2025
Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi

20:41 / 14.04.2025
Tesla Cybertruck savdosi pasayib ketdi, kompaniya muammolarga duch kelmoqda

08:17 / 08.04.2025
Tesla aksiyalari rekord darajada pasaydi - Bloomberg

13:22 / 03.04.2025