4 oktyabr, juma kuni Yevropa Ittifoqining 27 davlatidan öntasi Xitoydan elektromobillar uçun bojxona tölovlarini oşirişni qöllab-quvvatlaş uçun ovoz berdi, deb xabar beradi Yevrokomissiya (YeK) matbuot xizmati. Yevropa Ittifoqining beşta davlati bu qarorga qarşi çiqdi, 12 davlat esa betaraf qoldi.
Yevropa Ittifoqining ijro etuvçi organi bölgan YeK bayonotiga köra, olingan ovozlar bojlarni oşiriş uçun yetarli, ammo Pekin bilan bu mavzu böyiça muzokaralar davom etadi. Ayni paytda Xitoy tomoni ovoz beriş natijalarini keskin tanqid qildi.
Germaniya - bojlarni oşirişga qarşi
Iqtisodiyotida avtomobilsozlik muhim rol öynaydigan Germaniya Xitoyda işlab çiqarilgan avtomobillarga bojlarning oşirilişiga qarşi ovoz berdi, deb xabar qilmoqda Reuters manbalarga tayanib. Joriy yilning iyul oyida Germaniya avtomobil sanoati birlaşmasi (VDA) bojxona tariflarining oşişi «ham yevropalik iste’molçilarga, ham Yevropa biznesiga zarar yetkazişi»ni bildirdi.
Bu pozitsiya nafaqat proteksionizmni tubdan rad etiş, balki nemis işbilarmon doiralarining barça yirik va örta kompaniyalarning biznes modellarini hisobga olgan holda savdo tösiqlari va erkin savdoga zarar yetkazişni istamasligi bilan izohlanadi.
BMW boş direktori Oliver Tsipze 4 oktyabrda Yevropa Ittifoqida ötkazilgan ovoz beriş natijalarini «Yevropa avtomobilsozlik sanoati uçun muhim signal» deb atadi. Tsipze fikriça, Pekin va Bryussel savdo uruşiga yöl qöymaslik uçun zudlik bilan murosaga kelişi kerak.
Xitoy elektromobillar uçun bojlar tufayli YeI ustidan JSTga şikoyat qildi
Xitoy XXRda işlab çiqarilgan elektromobillarni Yevropa Ittifoqiga olib kirişga qöşimça bojlar joriy etiş töğrisidagi Yevrokomissiya qarori ustidan Jahon savdo taşkilotiga (JST) rasman şikoyat qildi, deb xabar qildi Xitoy savdo vazirligi 9 avgust kuni Pekinda. Bryusselning qarori JST qoidalariga zid keladi va «iqlim özgarişiga qarşi kuraşda global hamkorlikka» putur yetkazadi, deya ta’kidlanadi Xitoy savdo vazirligi bayonotida.
Idora Yevropa Komissiyasini «zudlik bilan özining notöğri amaliyotini tuzatişga» hamda «Xitoy va Yevropa Ittifoqi örtasidagi iqtisodiy va savdo-siyosiy hamkorlik barqarorligini, şuningdek, elektromobillar uçun sanoat va logistika zanjirlarini birgalikda saqlaşga» çaqirdi.












