Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil 1 iyundan chegara punktlarida avtotransportlarning elektron navbat tizimi joriy etiladi
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida yo‘lbo‘yi servis (Service area va Service point) obektlari tashkil qilinadi.
“O‘zbekiston transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekistonning transport-logistika tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar belgilandi, jumladan:
- avtomobil, temiryo‘l va havo transportida xalqaro yuk tashish umumiy hajmini kamida 2 baravarga oshirish;
- transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravargacha oshirish;
- konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 barobarga oshirish;
- Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) O‘zbekistonning o‘rnini 55-pog‘onadan past bo‘lmagan darajagacha ko‘tarish.
Yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport-ekspeditorlik xizmatlariga QQS nol stavkada qo‘llanadi.
2025 yil 1 iyundan davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimi joriy etiladi.
Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi bilan hamkorlikda Xalqaro avtomobil transporti sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etiladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida yo‘lbo‘yi servis (Service area va Service point) obektlari tashkil etiladi.
Mavzuga oid
18:45
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026
Bir yilda bitta mashinaga sertifikat cheklovi bekor qilindi: bu nimani anglatadi?
21:37 / 05.06.2026
Shaxsiy ehtiyoj uchun avtomobil olib kirishda “bir yilda bitta” degan cheklov olib tashlandi
17:27 / 30.05.2026