Andijon va Xorazmda noqonuniy ravishda yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Xususan, ikki fuqaro Andijon tumanidagi fermer xo‘jaligiga qarashli 8 sotix yerni 22 ming dollarga sotishga kelishib, olindan 500 dollar olganida qo‘lga tushdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda X.R. va D.M. ismli shaxslar (muqaddam sudlangan) o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.Yu.ga Andijon tumanidagi «X.Ch.» fermer xo‘jaligiga qarashli ekin yer maydonining 8 sotixini 22 ming dollar evaziga kelgusida uy-joy qurishi uchun rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan. Ular oldindan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda E.I va D.I. ismli shaxslar Urganch tumani Amir Temur massivi hududidagi 11 sotix yer maydonini fuqaro J.B.ga 180 million so‘mga sotishga kelishib, shundan 7,5 ming AQSh dollari va 7 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Andijon va Navoiy viloyatlarida noqonuniy tarzda yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangani, Toshkentda davlat zaxirasida bo‘lgan 7 sotix yerni 175 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Nukusda qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan 3,6 sotix yerni 170 mln so‘mga sotishga uringan fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan edi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishida FacePay orqali to‘lov tizimi ishga tushirildi
O‘zbekiston | 22:00
-
«Bu bizga emas, Rossiya va Ukrainaga bog‘liq» - AQSh davlat kotibi urushning qachon yakunlanishi haqida
Jahon | 21:55
-
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida
Sport | 21:08
-
Yevrokomissiya sun’iy intellekt va kiberxavfsizlikka 1,3 mlrd yevro ajratadi
Jahon | 21:07
Mavzuga oid

17:10 / 27.03.2025
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosarlaridan biri o‘zgardi

19:04 / 25.03.2025
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?

10:02 / 25.03.2025
“Bola yolg‘on gapirgan” – maktabda noma’lum shaxslar berib ketgani aytilgan konfetni o‘quvchi o‘zi sotib olgani ma’lum bo‘ldi

23:35 / 23.03.2025