Belgiya texnik nosozlik sabab o‘z havo hududini yopdi
Skeyes aviadispetcherlik kompaniyasining kompyuter tizimida nosozlik yuzaga keldi. Shu bois Belgiya o‘z havo hududini barcha aviaqatnovlar uchun vaqtincha yopishga majbur bo‘ldi.

Foto: IEG America
Belgiya havo hududi va aeronavigatsiya infratuzilmasini nazorat qilishga mas’ul Skeyes aviadispetcherlik kompaniyasining kompyuter tizimida nosozlik yuz berdi.
Qayd etilishicha, shu bois mahalliy vaqt bilan soat 15:00 dan 16:00 ga qadar Belgiya aeroportlaridan birorta ham bort uchib ketmagan va birortasi qo‘nishni amalga oshirmagan — havo kemalari boshqa mamlakatlarga yo‘naltirilgan.
«Skeyes Belgiya havo hududini nazorat qilishda foydalanadigan havo harakatini boshqarish tizimi to‘g‘ri ishlamay qoldi», — deydi Skeyes vakili Kurt Vervilligen.
Het Laatste Nieuws nashri ma’lumotlariga ko‘ra, nosozlik Skeyes ishlaydigan kompyuter tizimini yangilashga urinishdan keyin yuz bergan. Tizim ishdan chiqqan va dispetcherlik markazidagi barcha monitorlar qora ekranni ko‘rsata boshlagan.
Tizim soat 16:00 ga yaqin yana ishlay boshlagan. Belgiya aeroportlaridagi aviaqatnovlar bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda. Ayrim samolyotlar bir necha soatga ushlanib qolmoqda.
Avvalroq American Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti Vashingtondagi Ronald Reygan xalqaro aeroportiga yaqinlashayotganda havoda harbiy vertolyot bilan to‘qnashib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Samolyot bortida 60 nafar yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi, vertolyotda uch nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
O‘zbekiston | 07:01
-
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
O‘zbekiston | 00:41
-
Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi
Jahon | 23:56 / 29.03.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
Jahon | 23:38 / 29.03.2025
Mavzuga oid

00:31 / 27.02.2025
Xitoylik hakerlar Belgiya maxsus xizmatlari ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan - OAV

16:19 / 27.01.2025
O‘zbekiston va Belgiya OTM o‘rtasida almashinuv dasturlari amalga oshiriladi

00:24 / 10.01.2025
Belgiya bosh vaziriga zaharli modda solingan maktub jo‘natildi

00:32 / 31.12.2024