Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada markaziy osiyolik migrantlar o‘rniga hindlarni jalb qilish taklif etildi
Hindiston mehnat bozori malakali mutaxassislarni topish imkoniyatini taqdim etishi ta’kidlandi.
Hindistonlik mehnat migrantlari Markaziy Osiyodan kelgan xorijlik mutaxassislar o‘rniga yaxshi muqobil bo‘lishi mumkin, dedi Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi a’zosi Kirill Kabanov. News.ru bilan suhbatda huquq himoyachisi Hindiston mehnat bozorida malakali ishchilarni topish mumkinligini ta’kidladi.
«Hindiston bizga ishchi kuchi taklif qilishga tayyor, shunday gap bor. Hindistondan ishchi olib kelish uchun ish vizasi talab qilinadi - bu nazorat. Ular mehnat vizasi bilan uyushqoq tarzda keladi. Ikkinchidan, ular uyushqoq tarzda, ma’lum bir ish uchun ma’lum bir ish beruvchiga keladi. Hindiston mehnat bozori malakali mutaxassislarni topish imkoniyatini taqdim etadi», deb tushuntirdi Kabanov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha raqobat yo‘q, chunki Markaziy Osiyodan mehnat migrantlari ko‘p kelmoqda. Lekin, ularning aksariyati «hech qanday malakaga ega emas».
«Bizga Markaziy Osiyodan kelganlar 99% holatda hech qanday malakaga ega emas. Ular bu yerda o‘qishga harakat qilyapti, ammo yaxshi eplolmayapti. Shu nuqtai nazardan, Hindiston qiziqarli bo‘lishi mumkin, ammo bu yo‘nalishni rivojlantirish kerak. Boshqa davlatlardan migrantlarni olib kelishga muqobil yo‘l izlayotganimiz haqida suhbat boshlanishi bilanoq, darhol Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ular nafaqat o‘z ishchi kuchini bizga joylashtirish, balki Rossiyaga radikal mafkurani tiqishtirishdan ham nihoyatda manfaatdor», deb xulosa qildi Kabanov.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026