Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi
O‘zgidromet 3-5 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumotni taqdim etdi.
Foto: Kun.uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-8, kunduzi 3-4 fevralda +3...+8, 5 fevralda +5...+10 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi +7...+12, 5 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 0...-5, kunduzi 3-4 fevralda +3...+8, 5 fevralda +5...+10 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4 fevralda kechasi -3...+2, kunduzi +6...+11, 5 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi +7...+12, 5 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 fevralda kechasi 0...-5, kunduzi +4...+9, 4 fevralda kechasi -3...+2, kunduzi +6...+11, 5 fevralda kechasi -3...+2, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:58
Hafta davomida havo biroz isishi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda
19:05 / 21.12.2025
O‘zgidromet 22 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi
12:09 / 19.12.2025
Hafta oxirida yana qor yog‘ishi kutilmoqda
10:09 / 18.12.2025