Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyalik diplomat konferensiya vaqtida mudrab o‘tirgani uchun ishdan bo‘shatildi
Ispaniya tashqi ishlar vaziri mamlakatning Belgiyadagi elchisini lavozimdan oldi. U vazir konferensiyada nutq so‘zlayotgan vaqtda mudrab o‘tirgan.
Foto: Ministry of Foreign Affairs, European Union and Cooperation
Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares mamlakatning Belgiyadagi elchisi Alberto Antonni Madridda o‘tkazilgan diplomatik konferensiya vaqtida mudrab qolgani uchun ishdan bo‘shatdi.
Igeteo nashrining yozishicha, Alberta Antonning ko‘zi ilingan vaqtda vazir chiqish qilayotgan bo‘lgan. TIV rahbarining nutqi bir soat davom etgan, diplomatning mudrab o‘tirgani esa telekameraga tushib qolgan.
«Uxlayotgan elchi tadbirni yozib olayotgan operator obektiviga tushib qoldi, shundan keyin esnayotgan va mudrab o‘tirgan Alberto Antonning qisqa roliklari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi», — deyiladi xabarda.
Nashrning qayd etishicha, Ispaniyada Albaresni ishga bo‘lgan qattiq talabi sabab «kichik Napoleon» deb atashadi. U ish faoliyatida turli xatoliklarga yo‘l qo‘ygan yoki Madrid siyosatiga zid ishlarni amalga oshirgan kamida yetti nafar amaldorni ishdan bo‘shatgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda AQSh savdo vaziri Uilbur Ross prezident Donald Tramp Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan arab mamlakatlari yetakchilari sammitida nutq so‘zlayotgan vaqtda uxlab qolayozgandi.
Mavzuga oid
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026
Atigi bir necha qadam – Portugaliya va Ispaniya o‘rtasida dunyodagi eng kichik xalqaro ko‘prik bor
23:35 / 10.05.2026
Hantavirus tarqalgan kemadagi yo‘lovchilarni evakuatsiya qilish boshlandi
07:22 / 09.05.2026