Assalomu alaykum. Bugun fevralning ikkinçi kuni. Oxirgi yillarda dunyo fevralni yaxşi xotiralar bilan eslamaydi, lekin aslida bu umid oyi, tabiat boyçeçaklarni gullatib, odamlarni bahor bilan tabriklaydigan oy. Kino qahramonlar fevral qişning oxirgi oyi bölgani uçun qordan, qahratondan bahra olib qolişga şoşilişadi. Lekin qiş kinolardagina romantik fasl, aslida köpçiligimiz bahorni intizor kutamiz. Balki fevralning özi ham bahor tezroq kelişini istagani uçun birpasda tugab qolar.

Mana şunday ajoyib oyning ilk kunlarida birgalikda hafta davomida dunyoda sodir bölgan ba’zi muhim voqealarda yodga olamiz. Iltimos, YouTube sahifamizda e’lon qilingan videoga like bosing, izohlarda fikringizni qoldiring. Şu orqali siz mehnatimizni qöllab-quvvatlagan bölasiz.

Ğazoda kelişuv davom etmoqda

Bu haftada Ğazoda HAMAS va Isroil örtasidagi kelişuv davom ettirildi. HAMAS Isroilga yana 4 asirni qaytardi. Guruh asta-sekin erkak asirlarni ham ozod qilişni boşladi. Isroil ham kelişuvga köra har bir asir uçun 30 falastinlikni qamoqdan çiqaryapti. Orada tuşunmovçiliklar ham bölib turibdi. Masalan, Ğazoda ikki isroillik asirni olomon qurşab olgani Binyamin Netanyahuga yoqmagani uçun u falastinliklarni qamoqdan çiqarişni töxtatib qöygandi. Lekin vositaçilar barça muammolarni bartaraf etib borişyapti.

Kelişuvning birinçi bosqiçi tugay deb qoldi. Bu bosqiçda 33 asir qöyib yuborilişi kerak. Isroil esa kelişilgan miqdorda falastinliklarni. Sulh amalga kirar ekan ğazoliklarga şahar şimoliga borişga ruxsat etildi. Ular vayronaga aylangan uylariga qaytmoqda. Tabiiyki, ularni uy deb ham bölmaydi. Ba’zi nisbatan omon qolgan kvartiralarga egalari köçib kirişdi. Falastinliklar dunyodagi eng katta oçiq qamoqxona deb ataladigan Ğazo janubidan şimolga yayov ketayotgani butun dunyoda yoritilmoqda. Vijdoni bor har qanday inson bu dahşatli kadrlarni eti junjikib tomoşa qiladi. Siz ham videoga ötib, biroz muddat şu kadrlarni körişingiz mumkin.

Trampdan navbatdagi şou

Hafta davomida AQŞ prezidenti Tramp yana bir davlatga tahdid qildi. Avvalroq hali prezident bölganiga ikki hafta bölmagan Tramp Kanada, Meksika, Daniya va Panamaga tahdid qilişga ulgurgandi. Endi bu röyxatga Kolumbiya ham qöşildi. Gap şundaki, Tramp katta piar bilan AQŞga noqonuniy kirib kelgan migrantlarni quvib solmoqda. Bu orqali avvalo saylov kampaniyasi davomida bergan va’dasini bajarib, bundan taşqari, amerikaliklar oldida yaxşigina oçko işlayapti.

Davlatlar odatda deportatsiya uçun fuqarolik samolyotlaridan foydalanişadi. Öşa davlatdan haydalgan beçora muhojir oddiy samolyotga çiqadi, undan ham barça yölovçilar kabi styuardessa kelib hol-ahvol söraydi, mol göştli yoki tovuq göştidan qilingan ovqat taklif qiladi, keyin barça qatori aeroportga qöngaç, öz davlati politsiyasi uni söroqqa olib ketadi. Biroq janob Tramp muhojirlarga bunday mulozamat qiliş yaramaydi deb hisoblamoqda. U noqonuniy migrantlarning qöl-oyoğini kişanlab, harbiy samolyotda olib borişga buyruq bergan. Bilasiz, harbiy samolyotda kursi bölmaydi, odamlar kiçik harbiy örindiqlarda tiqilib ketişga majbur.

AQŞ kolumbiyalik muhojirlarni ham xuddi şunday holatda harbiy samolyot bilan olib bormoqçi bölganida Kolumbiya prezidenti Fransisko Petro bunga ruxsat bermasligini aytdi. U agar kolumbiyaliklar Bogotaga AQŞ harbiy samolyotida olib kelinsa, uçoqlarga qönişga ruxsat berilmasligini aytdi. Trampning bu gapdan jahli çiqib, Kolumbiyadan kiradigan har qanday mahsulotga 25 foiz boj qöyiş bilan tahdid qildi. Prezident Petro esa biz ham AQŞ mollariga şunday boj belgilaymiz, dedi. Xullas, dahanaki uruş keçga borib kelişuv bilan tugadi. Oq uy Kolumbiya barça şartlarga rozi bölganini aytdi. Kolumbiya prezidenti esa AQŞdan uning fuqarolariga inson kabi munosabatda bölişni talab qildi.

Xitoy va Hindiston Rossiya neftini olmayapti

Reutersʼning yozişiça dunyodagi ikki eng köp odam yaşaydigan davlat – Xitoy va Hindiston Rossiyadan neft sotib olişni töxtatgan. Naşrning aniqlaşiça, mart oyida yetkazib beriş böyiça birorta taklif tuşmagan. Bu AQŞ Rossiyaning neft kompaniyalariga va yaşirin faoliyat yurituvçi soyadagi flotiga ta’sir etuvçi sanksiyalar joriy qilgani bilan boğlanyapti. AQŞ sanksiyalari sabab Rossiya neftini taşiydigan kemalar taqiqqa tuşadi.

Butun dunyodagi neft tankerlari flotining 10 foiziga sanksiya ta’sir qilgani aytilmoqda. Oqibatda Rossiya neftining bir barreli importyor uçun 3-5 dollargaça qimmatlaşadi. Ma’lumot uçun, Hindiston ötgan yilda öz ehtiyoji uçun neftning 36 foizini, Xitoy esa 20 foizini Rossiyadan olgan.

HAMASning yangi taktikasi

Isroil hukumati garovdagilarni ozod qiliş uçun HAMAS bilan sulh imzolaganidan keyin Netanyahu hukumati isroillik millatçilar tanqidiga uçragani haqida xabar bergandik. Ular hukumatdan uruşni tiklaşni talab qilyapti. Lekin HAMASda hammasi joyida körinadi. Ğazoda 50 mingdan ortiq tinç aholi ölganiga qaramay, harakat sulhni öz ğalabasidek körsatişga urinmoqda. HAMAS şu kunlarda yangi media taktikaga ötib, Ğazo xarobalarini butun dunyoga körsatmoqda. Al Jazeera yordamida ğazoliklar kultepaga aylangan şahar şimoliga qaytayotgani tun-u kun körsatib borilyapti.

Asirlar ham bejizga Jabaliyadagi qoçoqlar lagerida taşkil qilingan ştabda Qizil xoç maşinalariga topşirilmayapti. Axir jurnalistlar jarayonni jonli translatsiya qiladi. Şu orqali HAMAS Isroil Jabaliyaning kulini kökka sovurganini butun dunyoga körsatmoqda. Yetmaganiga guruh oxirgi kunlarda öz yetakçilari Yahyo Sinvar va Muhammad Deyfning ölimidan oldingi videolarini e’lon qilib, öz tarafdorlarini ruhlantira oldi. Ha, azizlar, avvalgi videolarda aytganimizdek, HAMAS frontdagi axborot uruşida Isroilni har tomonlama ortda qoldirmoqda.

Amerikada samolyotlar halokati

Hali Kaliforniyadagi yonğinlar zararini hisoblab ulgurmagan Amerikaning boşi balodan çiqmay qoldi. Ötgan haftada yölovçi samolyoti Vaşingtonda harbiy vertolyot bilan töqnaşib, suvga quladi. Fuqarolik samolyoti Vaşingtondagi aeroportga qöniş uçun kirayotganda kutilmaganda sinov parvozini amalga oşirayotgan harbiy vertolyotga uriladi. Aviahalokat katta ehtimol aynan vertolyot uçuvçisining xatosi sabab sodir bölgan. Samolyot bortida bölgan 64 kişi, vertolyot içidagi 3 kişining barçasi halok bölgan.

1 fevralga ötar keçasi AQŞda yana bir aviahalokat sodir böldi. Filadelfiyadan Meksikaga uçayotgan xususiy tibbiy samolyot boşqaruvni yöqotib, odamlar yaşaydigan uy ustiga quladi. Tez yordam samolyotini meksikalik ayol qizining hayotini saqlab qoliş uçun yollagan. Unga AQŞda tibbiy xizmat körsatilgaç, samolyot Meksikaga qaytib ketayotgan bölgan. Qiz, onasi, ikki şifokor va ikki uçuvçi halok bölgan. Ularning barçasi Meksika fuqarolari, samolyot ham Meksika aviakompaniyasiga tegişli bölgan.

Salvan Momika öldirildi

Esingizda bölsa, iroqlik Salvan Momika degan arab Şvetsiyada odamlarni töplab, islom dinining muqaddas kitobi Qur’onning nusxasini yoqişni odat qilgani haqida video tayyorlagandik. Bu provokator oxirgi yillarda doimiy islom dinini haqoratlab, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida odamlarni bu işga tarğib ham qilgan. Xullas, mana şu radikal 29 yanvar kuni Şvetsiyadagi kvartirasida otib öldirildi. Momika bu vaqtda Tik tokʼda jonli efir qilayotgan bölgan. Qiziği, Şvetsiya sudi bir kundan keyin unga odamlar orasida nafrat uyğotiş ayblovi bilan hukm öqişi kerak edi. Avvalroq bu iroqlikning boşi uçun 2 million dollar mukofot va 2 kilo oltin bilan bezatilgan Qur’on nusxasi va’da qilingandi.

Lukaşenko yana prezident

Belarusda ortda qolayotgan haftada yana prezidentlik saylovi ötkazildi va unda Aleksandr Lukaşenko ğalaba qozondi. Batkaga rasmiy xabarda aytilişiça, 86 foizdan köproq saylovçi ovoz bergan. Şu tariqa Lukaşenko yettinçi muddatga qayta saylandi.

Suriya Rossiyadan Asadni söradi

Qayta tiklanayotgan Suriya barça davlatlar bilan oçiq munosabatlar örnatişga tayyor ekanini e’lon qilgandi. Uşbu haftada Suriyaning endilikda prezidenti Ahmad aş-Şar’a Rossiya delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi. Rossiya delegatsiyasini Lavrovning örinbosari Mixail Bogdanov va Putinning Suriya böyiça vakili Aleksandr Lavrentev boşqargan. Suriyaning Rossiya bilan munosabatlari oson bölmasligi aniq, çunki ağdarilgan Asad rejimi aynan Rossiya qöllovi evazigagina mavjud edi. Jölaniy va jamoasi uni ağdargaç, Asad Rossiyaga qoçib ketgan.

Reutersʼning yozişiça, Jölaniy Rossiya vakillaridan Başar Asadni topşirişni söragan. Suriya yangi prezidenti oldingi çiqişlaridan birida Suriyadagi ahvolning sababçisi Moskvada ekani, Rossiya ötmişdagi xatosini tuşunib yetgan holda Suriyaga kompensatsiya tölaşi kerakligini aytgandi.

Xitoy AQŞ boylarini «sindirdi»

Ötgan haftada xitoyliklar navbatdagi marta butun dunyoni lol qoldirdi. Bilasiz, tabiiy intellekt borgan sari inqirozga uçrayotgan dunyoda oxirgi yillarda sun’iy intellekt degan texnologiya ommalaşib bormoqda. Amerika kompaniyalari milliardlarni tökib, uning turli tuman versiyalarini işlab çiqarib, hammaga maqtanib yurgan bir vaqtda Xitoy mana senga dedi-da, 5,5 million dollarga xuddi öşa Open AI qiladigan hamma işni eplaydigan Deep Seek degan tekin dasturni işga tuşirdi.

Çinliklar bu işi bilan butun Amerika boylarini tizzalatdi desak böladi, axir birgina mikroçip işlab çiqaradigan Nvidia kompaniyasi 400 milliard dollar yöqotdi. Qiziği, xitoyliklar bu sun’iy intellektni işlab çiqariş uçun öşa amerikaliklarning çiplaridan foydalangan. Lekin farqi Amerikada bu narsaga milliardlab dollar sarflangan bölsa, Xitoy bu uçun 5,5 million dollar sarfladi.

Endi haftaning eng zör yangiligiga keldik. Britaniyadagi 200 ta kompaniya 4 kunlik iş haftasiga ötiş böyiça eksperimentda qatnaşdi. Bu jarayonga umumiy 5 ming xodim jalb qilingan. Sinov muvaffaqiyatli ötgan deb topilganidan keyin bu kompaniyalar tölaligiça 4 kunlik iş haftasiga ötdi. Ma’lum bölişiça, işçilar köproq vaqt dam olib, vaqtini oilasi davrasida ötkazgani iş jarayoniga qöşimça pozitivlik bağişlagan. Qiziği, xodimlar haftasiga 4 kun işlagani bilan ularga berilgan yuklama ham, oylik maoş ham qisqarmaydi. Bundan zör yangilik bölişi mumkinmi axir?

Şotlandiya örmonlarni kengaytirmoqda

Şotlandiya tabiati örmonlarga boy ekanini bilsangiz kerak. Lekin uşbu mamlakatdagi tabiat faollari örmonlarni yanada kengaytiriş kerak deb hisoblaydi. Uilliam Uols yurtida rivaylders degan faollar guruhi bor, ya’ni yovvoyi tabiatni öz holiga qöyiş kerak deb hisoblaydigan odamlar. Ularning oxirgi 30 yilda qilgan işlari natijasida Şotlandiyada örmonlar hududi deyarli ikki baravarga oşgan. Masalan, Mull orolida 1994 yilda 56 gektar örmon bölgan, hozir örmon hududi 93 gektarga yetgan. Natijada bu yerlarga örmonlarda uçrovçi kam sonli yovvoyi hayvonlar qaytgan.

Hozirça bizda şular, bu sizga yetkazmoqçi bölgan xabarlarimizning oxirgisi edi. Haftalik xabarnoma bilan keyingi yakşanbada körişgunça.

Ötkir Jalolxonov tayyorladi.

Tasvirçi va montaj ustasi – Faxriddin Hotamov.