Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident armiyani zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlashni davom ettirishni buyurdi
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
3 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirining qo‘shinlar jangovar shayligi va qobiliyatini oshirish, qism va bo‘linmalarni har tomonlama tayyorlash, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Mudofaa sanoati agentligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Mamlakat rahbariyati tomonidan armiyaning jangovar salohiyatini va shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini har tomonlama mustahkamlash, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani modernizatsiya qilish, shuningdek, mudofaa sanoati korxonalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Jangovar va tezkor tayyorgarlik tadbirlarini jadallashtirish, harbiy korxonalarning ofitser kadrlari va muhandis-texnik tarkibini professional o‘qitish tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
10:17 / 03.02.2026
Mudofaa xarajatlari oshadi: Fransiyada 2026 yil budjeti qabul qilindi
22:21 / 01.02.2026
Eron YeI mamlakatlari armiyalarini "terrorchi guruhlar" ro‘yxatiga kiritdi
14:26 / 31.01.2026
Sirdaryoda pul uchun Rossiya armiyasiga yollangan 60 yoshli shaxs 5 yilga qamaldi
09:17 / 29.01.2026