Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda it urishtirish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs 475 yilga qamaldi
Kurerlardan biri Atlantadagi uylardan biriga borganida zanjirband itlarni payqagan va politsiyaga xabar bergan. Huquq-tartibot organlari ushbu uyda tintuv o‘tkazib, 107 ta pitbulni aniqlagan.
Foto: Paulding County Sheriff
Amerikaning Jorjiya shtatida yashovchi Vinsent Barrell itlarni urishtirish bilan shug‘ullangani va hayvonlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lgani uchun 475 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar beradi NBC News.
Hayvonlarga qarshi jinoyatlar bo‘yicha davlat prokurori Jyessika Rok bu it urishtirish bilan bog‘liq belgilangan eng uzoq qamoq muddati hisoblanishini ma’lum qildi.
Jinoyat ishi 2022 yilda qo‘zg‘atilgan. O‘shanda kurer politsiyaga o‘zi buyurtmani yetkazib bergan Atlanta yaqinidagi uylarning birida bir qancha itlar zanjirband saqlanayotganini ma’lum qilgan. Shundan keyin politsiya xodimlari tintuv o‘tkazgan va 107 ta pitbulni aniqlagan. Prokuraturaga ko‘ra, itlarning ayrimlari juda ozib ketgan.
Vinsent Barrell tintuv kuniyoq hibsga olingan. Politsiya pitbullar it janglariga yuborilganini isbotlovchi dalillarni topgan. Jonivorlarning barchasi hayvonlarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasiga topshirilgan. Veterinarlar itlarning ayrimlarida jangdan qolgan chandiqlar borligi va tishlarining ba’zilari olib tashlanganini tasdiqlagan.
AQSh Oliy sudi Vinsent Barrellni sud hay’ati qarori asosida 475 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi. Barrell it janglarini tashkil etish bo‘yicha 93 ta hamda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun 10 ta band bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Mavzuga oid
18:46
Tramp Nobel mukofotini olmagach, endi tinchlik haqida qayg‘urishga majbur emasligi aytdi
18:39
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish jarayonini yakunladi
12:17
Yevroittifoq AQSh bilan savdo kelishuvini ratifikatsiya qilishni to‘xtatadi
09:02