Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekiston fuqarolari uchun mavsumiy ishlarga ajratiladigan kvotalar sonini oshiradi
Britaniyaning rekruting kompaniyalari bilan yangi shartnomalar tuzish va O‘zbekiston fuqarolari uchun mavsumiy ishlarga ajratiladigan kvotalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) va Buyuk Britaniyaning bir qator davlat tashkilotlari va rekruting kompaniyalari rahbarlari ishtirokida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
Unda Britaniyada "Mavsumiy ishchilar sxemasi" (Seasonal Workers Scheme") loyihasi doirasida faoliyat yurituvchi Ishchi kuchi yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi, Mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tashkiloti, Pro-Force, HOPS Labour Solutions, Fruitful jobs LTD va Concordia Charity kabi rekruting kompaniyalari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Suhbat davomida mamlakatda mavjud ishchi kuchini Britaniyaga diversifikatsiya qilish, xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini takomillashtirish masalalari muhokama etildi.
Xususan, Buyuk Britaniyadagi mavsumiy ishlarga o‘zbekistonliklarni jalb qilish mexanizmlari, shu jumladan, nomzodlarni topish, saralash va ularni test sinovlaridan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil qilish kabi masalalar xususida fikr almashildi.
Britaniya tomoni Migratsiya agentligi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar, xususan xorijiy kompaniyalarga O‘zbekistondan kafolatlangan, qulay, xavfsiz va tartibli ravishda mavsumiy ishchilarni jalb etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilishini qayd etishdi. Shuningdek, Britaniya kompaniyalari kelgusida O‘zbekiston bilan ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.
Muzokaralar yakunida, Britaniyaning rekruting kompaniyalari bilan yangi shartnomalar tuzish va O‘zbekiston fuqarolari uchun mavsumiy ishlarga ajratiladigan kvotalar sonini ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026