Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada rossiyaliklardan pul undirib kelgan call-markaz firibgarlari ushlandi
Tezkor tadbirda Farg‘ona shahridagi (ikkita) va Toshkent shahridagi call-markaz orqali rossiyaliklardan pul undirib kelgan 32 kishi qo‘lga olingan.
Farg‘ona viloyatida huquq-tartibot idoralari hamkorligida xorijdan firibgarlik yo‘li bilan yirik miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi, deb xabar berdi DXX.
«O‘zbekiston 24» telekanali videolavhasida aytilishicha, Farg‘ona shahridagi (ikkita) va Toshkent shahridagi call-markaz orqali rossiyaliklardan pul undirib kelgan 32 kishi qo‘lga olingan. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 1986 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan guruh rahbarining faoliyatiga chek qo‘yilgan. Ularga rossiyalik jinoiy guruhlar ham yordam bergani ta’kidlangan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, firibgarlar biologik faol qo‘shimchalarni (BFQ) onlayn xarid qilgan rossiyaliklarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanib, o‘zini tergov organlari xodimi sifatida tanishtirib, BFQ qalbaki ekanini aytib, tovar sotuvchilari yetkazgan ma’naviy zarar uchun kompensatsiya sifatida to‘lov olishni taklif qilgan. Jinoyatchilarning ba’zilari Rossiya Moliya vazirligi vakillari nomidan ish olib borgan va daromad solig‘i to‘langanidan keyin pul kompensatsiyasini va’da qilgan.
Firibgarlar va’da qilingan to‘lovlarni olish uchun o‘zlari ko‘rsatgan bank kartasiga badal o‘tkazishni taklif qilib, busiz mablag‘ni olishning iloji yo‘qligini da’vo qilgan. Ular asosan keksalarning ishonchiga kirib, pullarni o‘zlashtirib kelgani ta’kidlanmoqda.
Qayd qilinishicha, qo‘lga olinganlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan firibgarlik) «g» bandi va 278-moddasi (kompyuter ma’lumotlariga noqonuniy (ruxsatsiz) kirish) holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026